AsosiyDunyo

Rossiyada 2025 yildan migrantlar uchun patent narxi oshiriladi

Yangi narx amaldagi qiymatdan deyarli 1,5 ming rublga qimmat.

'Rossiyada 2025 yildan migrantlar uchun patent narxi oshiriladi'ning rasmi

Moskvada 2025 yilda muhojirlar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil etadi, bu amaldagi qiymatdan deyarli 1,5 ming rublga qimmat. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.

 “Muhim masala — migrantlar soliqlar nuqtainazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi lozim. Biz fuqarolarimizning oylik daromad solig‘i to‘lovlarini hisobga olamiz va buni ushbu toifa ishchilar bilan solishtiramiz. 

 Hozirda bizda patent uchun oylik to‘lov 7,5 ming rubl, aslida, bu daromad solig‘i bo‘yicha avans hisoblanadi. 1 yanvardan boshlab bu miqdor 8,9 ming rublni tashkil etadi”, dedi poytaxt meriSergey Sobyanin.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolariga sarflaydigan xarajatlarini tenglashtiradi.

 “Bu mexanizm ancha oldin yaratilgan bo‘lib, u aynan migrantlar ish beruvchilarga fuqarolarimizga qaraganda arzonroq tushmasligini tartibga soladi”, deb tushuntirdi Moskva meri. 

 Sobyanin Moskvada berilgan mehnat patentlari sonida sezilarli o‘sish kuzatilmagani, u hozirda 450 mingga yaqinni tashkil etishini aytdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Litvada bolalarga dron boshqarishni o‘rgatish boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:42

    Litvada bolalarga dron boshqarishni o‘rgatish boshlandi

    Mamlakatda 10 yoshdan boshlab bolalar va kattalar turli xil dronlarni boshqarishni o‘rganadi.

    'Germaniya kansleri: "Putin Yevropani beqarorlashtirmoqda"'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:35

    Germaniya kansleri: "Putin Yevropani beqarorlashtirmoqda"

    Bundestagdagi munozaralarda Germaniya kansleri Fridrix Merts Rossiyani Yevropada beqarorlik keltirishda aybladi.

    'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:31

    Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 28 daraja issiq bo'ladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 17.09.2025 21:51

    ''ning rasmi

    Dunyo 17.09.2025 19:34

    'Yaponiyada sun'iy intellekt siyosiy partiya asoschisi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 17.09.2025 17:34

    Yaponiyada sun'iy intellekt siyosiy partiya asoschisi boʻldi

    Bu yilgi saylovda g‘olib chiqqan nomzod Mitsutaka Okumura partiyaning yangi rahbari etib tayinlangan va u o‘z vakolatlarini darhol sun’iy intellektga topshirgan.