Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.
Joriy yilning 4 noyabr holatiga:
AAA - 1697 ta
AA - 4101 ta
A - 4946 ta
O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.
VVV - 16 964 ta
VV - 30 080 ta
V - 42 866 ta
Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
Toshkent shahrida - 3,9 ming ta;
Toshkent viloyatida - 1,1 ming ta;
Samarqand viloyatida - 966 ta.
AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.