AsosiyJamiyat

Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi

MBning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rib chiqildi.

'Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi'ning rasmi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 16 ta masala ko‘rilgan. Shuningdek:

  • kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta);
  • mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (1 ta);
  • mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatiga olish (3 ta);
  • tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqishga doir (8 ta) masalalar ko‘rildi.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. 

Shuningdek, 2 ta to‘lov tashkiloti va 2 ta to‘lov tizimi operatori tomonidan to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi hamda 4 ta tijorat bankida xavfsizlikni ta’minlash va avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga "bolalar puli" toʻlashning yangi tartibi belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:07

    Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga "bolalar puli" toʻlashning yangi tartibi belgilandi

    Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda bolalar nafaqasi oilaning ijtimoiy toifasi va bandlik holatiga qarab belgilanadi.

    'Toshkentda bankomatdan pul yig‘irmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:57

    Toshkentda bankomatdan pul yig‘irmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga tushdi

    Bankomatga 30 million so‘mlik zarar yetkazilgan bo‘lib, uning ichida jami 552 million so‘mdan ortiq mablag‘ bo‘lgan. Yigitga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llangan.

    'Oʻzbek soʻmini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar 41,2 million soʻmdan jarimaga tortildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:42

    Oʻzbek soʻmini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar 41,2 million soʻmdan jarimaga tortildi.

    Shuningdek, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan.

    'Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika sabab kaftidan ayrildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:23

    Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika sabab kaftidan ayrildi

    Ҳолат бўйича Тошкент шаҳар ИИББ тўлиқ маълумот берди.

    'Oʻzbekistonda 9 oyda 15 mingdan ziyod egizaklar dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:54

    Oʻzbekistonda 9 oyda 15 mingdan ziyod egizaklar dunyoga keldi

    Jami tugʻilishlar soni esa 664,6 mingga yetdi.

    'Voyaga yetmaganlar bilan nikoh qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:55

    Voyaga yetmaganlar bilan nikoh qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

    Shuningdek, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohga yo'l qo'yilmaydi.