AsosiySalomatlik

JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi.

'JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi'ning rasmi

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yanada samarali vaksinalar yaratish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki xuddi shu xastaliklar tufayli yiliga 2,5 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
 
JSST ro‘yxatidan joy olgan birinchi guruhga munsub quyidagi kasalliklarga qarshi hali emlash vositalari mavjud emas:

  • A guruhiga kiruvchi streptokokklar, 
  • gepatit C virusi,
  •  OIV-1 (HIV-1)
  •  Klebsiyella pnevmoniyasi.

Ikkinchi guruhga mansub quyidagi patogenlarga qarshi vaksinalar yaratilgan, ammo ularni kelgusida yanada takomillashtirish zarur:

  • sitomegalovirus,
  • gripp virusi,
  •  leyshmanioz,
  •  salmonellyoz,
  •  norovirus,
  •  bezgak plazmodiyasi,
  •  shigella,
  •  tillarang stafilokokk.

Uchinchi guruhga mansub quyidagi kasalliklarga qarshi vaksinalar esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinish arafasida:

  •  denge bezgagi,
  •  B guruhiga kiruvchi streptokokklar,
  •  ichak tayoqchasi,
  •  tuberkulyoz,
  •  respirator-sinsitial virus.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07