AsosiyJamiyat

Fransiyada O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsyasi markazi bo‘yicha yangi taqdimot o‘tkazildi

Uchrashuv davomida “WILMOTTE” kompaniyasi O‘zbkekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi eskpozitsiyasidagi Ikkinchi Renessans bo‘limi bo‘yicha konsepsiyasini taqdim etdi.

'Fransiyada O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsyasi markazi bo‘yicha yangi taqdimot o‘tkazildi'ning rasmi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Islom olamidagi mavqei va nufuzi tobora ortib borayotganini alohida qayd etish lozim. Muhtaram Prezidentimiz davlat rahbari sifatida ish boshlagan ilk kunlardanoq, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni himoyalash, muqaddas dinimizninginsonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib etishg aalohida e’tibor qaratdi.

2017 yilning 23 iyun kuni Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishchora-tadbirlari to‘g‘risida gi qarori qabul qilinishi bu masalada qo‘yilgan eng ulug‘ qadamlardan biri bo‘ldi.  

Qaror e’lon qilinishi bilan ana shu muhtasham markazni barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Markaz binosi uchun poytaxtimizning qadimiy ma’naviy maskanlaridan biri - “Hazrati Imommajmuasiga yondosh hududdangi  qariyb 7 gektar maydondagi uchqavatli markaz qadimiy madrasalarimiz uslubida qurilmoqda. Bu markaz ming yillar ilgari muqaddam ota-bobolarimiz asos solgan sivilizatsiyalar hamda ularning mantiqiy davomibo‘lgan Yangi O‘zbekistonning ilmiy, madaniy-ma’rifiy salohiyatini jahonga namoyon qilishi lozim. 

Markazdan boy muzey va kutubxona, anjumanlar zali, ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va me’morlik an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazma zallari,  axborot-resurs markazi, akademiya, arxiv va qo‘lyozmalar fondi o‘rin oladi. Kutubxona va fondlarni mamlakatda va chet ellarda saqlanayotga nqadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, video va foto hujjatlar bilan boyitish, 300 o‘rinli konferensiya zali barpo etish ham ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va san’at, me’morchilik rivoji to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlar berish, dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samaraliyo‘lga qo‘yish maqsadida  YUNЕSKO, AYSЕSKO, IRSIKA  kabi xalqaro tashkilotlar bilanyaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, diniy ta’lim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy masalalarda hamda o‘qituvchi va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam ko‘rsatish ham  Markazning asosiy vazifalari qatoridan joy olgan.  

Bugungi kunda Markaz binosining ichki dizaynini takomillashtirish, kontentini boyitish, zamonaviy texnologiyadarni joriy etish borasida qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilinmoqda. Ana shunday kompaniyalaridan biri Fransiyaning WILMOTTE kompaniyasidir.

Kuni kecha O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov Fransiyaning Parij shahrida mazkur kompaniyaning rahbari Andriye Barine bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kompaniya vakillari O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi kontenti uchun tadbiq qilgan loyihaning navbatdagi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda Fransiyadagi Temuriylar davri tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi asosichisi va prezidenti Frederik Bressan hamda O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir G‘aniyevlar ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuv davomida “WILMOTTEkompaniyasi O‘zbkekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi eskpozitsiyasidagi Ikkinchi Renessans bo‘limi bo‘yicha konsepsiyasini taqdim etdi. Konsepsiyada ilgari surilgan loyihalar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan muhokama qilinib, tegishli fikr-mulohazalar bildirildi. Taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu markaz jahon andozalaridarajasida bo‘lishi, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shga hissasini namoyish qiladigan yirik platforma bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:19

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:34

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:51

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:14

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:10