Bugun, 6 noyabr kuni “Hududiy elektrom tarmoqlari” AJning “Elektrom energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida press-tur tashkil etildi.
Unda, ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yilning 1 noyabr kunidan boshlab O‘zbekistonda chiqindidan qarzi bor xonadonlar elektrom ta’minotidan uzib qo‘yilishi haqida xabarlarga aniqilik kiritildi.
Mas’ullar jurnalistlarga ma’lum qilishicha, vaziyat aholi orasida, shuningdek, OAVda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
"Aslida bu sal boshqacharoq, ya’ni prezidentimizning 5-sonli farmoni bor. Bu farmonda shu chiqindi to‘lovlarini tartibga solish, to‘lov intizomini shakllantirish maqsadida vazifa yuklangan. Bu shundan iboratki, agar chiqindidan qarzingiz bo‘lsa, 2100 qisqa raqam orqali sms-xabarnomasi yuborilib, ogohlantirilasiz. Agar besh kun muddat ichida ham chiqindidan qarzdorlik bartaraf etilmasa, shunda elektrom energiya uchun to‘lov cheklanadi. Birdaniga uzib qo‘yilmaydi. To‘lov cheklanganidan keyin hisobingizdagi to‘lov miqdori ishlatilib uch kun, besh kun, balki ko‘proq bo‘lsa 10 kundan keyin baribir tugaydi. Shu tugagandan keyin, tizim sizni tarmoqdan avtomat uradi. Shu tomonlama cheklanadi. Chiqindidan qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan to‘g‘ri elektrom tokidan uzib qo‘yilmaydi, - deydi AJ mas’uli.






