AsosiySUG'DIYONA

Uy sharoitida “yog`li go`zallik”ni yarating!

O`simlik yog`i uy sharoitida tayyorlanadigan kosmetik vositalarning eng yaxshi asosi bo`la oladi. O`zingiz uchun 30 daqiqa vaqt ajratsangiz, bir necha oydan keyin teringiz ko`zingizni quvnatadi.

 

Zaytun yog`i ko`z atrofidagi ajinlarni bartaraf etadi. 2 osh qoshiq yog`ni 1 osh qoshiq suyuq asal va yarimta tuxum sarig`i bilan aralashtiring. Niqobni yuzingizga surtib, 15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving tashlang.

Kunjut yog`i sellyulit bilan kurashishda yordam beradi. Namlantiruvchi kremingizga bir osh qoshiq kunjut yog`i qo`shing. Hosil bo`lgan aralashmadan ertalab va kechqurun surting. Tez orada uning samarali ta`siriga guvoh bo`lasiz.

Makkajo`xori yog`i terini namlantirib, taranglashtiradi. Uni alohida yoki niqoblarga (asal va tuxum sarig`i bilan), vannalarga, skrablarga (masalan, suli bilan) qo`shib qo`llashingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar