AsosiySUG'DIYONA

O`g`lingizga to`g`ri tarbiya berayapsizmi?

O`g`il bola tarbiyasi juda murakkab va mas`uliyatli ish. Bu borada yo`l qo`yilgan kichik xato ham kelgusida qimmatga tushishi hech gap emas. Xo`sh, tarbiya borasida siz to`g`ri yo`l tutayapsizmi? Qanchalik chidamli va sabrlisiz? Farzandingizning his­tuyg`ularini anglayapsizmi? Quyidagi test mazkur savollarga javob topishga yordam beradi.

1. Farzandingiz uchun mo`ljallangan bolalar xonasi bormi?

ha– 5

Yo`q–1

2. O`g`lingiz bilan birga o`yin o`ynash, qiziqarli mashg`ulotlar  o`tkazish yoki ko`ngilochar maskanlarga borish uchun vaqt ajratasizmi?

        ha–5

Yo`q–1

3. O`g`lingiz ovqat eyishni istamayapti, injiqlik qilib, o`yinchoqlarini har tomonga uloqtirayapti. Qaysarligiga toqat qilolasizmi?

Doimo–5

Ba`zida–3

hech qachon–1

4. Aytaylik, farzandingiz sho`xlik qilib, qimmatbaho buyumni sindirdi, kerakli hujjatlarni yirtib qo`ydi, birovning narsasiga ziyon etkazdi va hk. lar.  Uni kechirasizmi?

ha–5

ba`zida–3

hech qachon–1

5. Bolani kaltak bilan jazolashga munosabatingiz. Siz shunday qilarmidingiz?

Tez tez–1

Ba`zida–3

Umuman olganda yo`q–5

6. O`ylab ko`ringchi, farzandingiz har bir qadamini so`roqlaysizmi? har bir ishda sizga hisob berishini, doimo maslahatingizga amal qilib yashashini istarmidingiz?

ha–1

Ba`zida–3

Yo`q, xohlamayman–5

7. Tanbeh bersangiz quloq soladimi?

ha–5

Ba`zida–3

hech qachon–1

8. Biror nimani ta`qiqlab qo`ysangiz, bu ishni nima uchun qilayotganingizni tushuntirasizmi yoki yo`q?

ha, har doim–5

Ba`zida–3

hech qachon–1

9. Ba`zi ota-onalar farzandlarini ma`lum bir vazifalar bilan band qilishni ma`qul ko`rishadi. Sizda ham shunday odat bormi?

Doimo–5

Ba`zida–3

Yo`q–1

10. Bola tarbiyasiga oid maxsus o`quv qo`llanmalar (gazeta, jurnal, kitoblar)dan foydalanasizmi?

ha–5

Ba`zida–3

Yo`q–1

NATIJA:

 

10 dan 23 balgacha: Baxtga qarshi e`tiborsiz tarbiyachisiz. Farzandingiz nima istashini bilmaysiz, qaysarlik qilsa, erkalansa, qanday yo`l tutishni bilmay, o`zingizni nazorat qilolmay qolasiz. O`g`lingizni tinglamay unga qo`pol munosabatda bo`lmang. Balki o`zingizga bilinmas, lekin tashqaridan qaraganda siz va dilbandingizning harakatlari, noo`rin qiliqlari xunuk ko`rinadi. Mulohazali bo`ling.  Sizga maslahatimiz, bolangiz uchun ko`proq vaqt ajrating.

24 dan 37 balgacha: Bola tarbiyasiga bo`lgan munosabatingizni ijobiy baholasa bo`ladi. Lekin sizga ozgina sabr­toqat etishmaydi. Farzandingizning bilib-bilmay yo`l qo`ygan xatosini asabiylashmasdan tushunishga harakat qiling. Turli misollardan foydalanishingiz mumkin. O`g`lingizga sizning mehr va e`tiboringiz zarur. Siz bilan bamaslahat ish ko`rishini istasangiz, u siz uchun qanchalik aziz va qadrli ekanini ko`rsatishdan cho`chimang.

38 dan 50 balgacha: Siz a`lo darajadagi tarbiyachisiz. Farzandingizga mehr bilan tarbiya berasiz. Sabr, matonatingiz etarli. Lekin ba`zida biroz qattiqqo`l bo`lish ziyon qilmaydi. To`g`ri, o`g`lingiz mustaqil bo`lib voyaga etishini istaysiz. ha deb ta`qiqlar qo`yavermang. Yutuqlari uchun rag`batlantirib turing.

 

 Dilnoza JO`RAEVA tayyorladi.

Boshqa yangiliklar