AsosiyJamiyat

Prezident nutqida eng ko‘p qaysi so‘zlarni qo‘lladi?

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqi lingvistik tahlil qilindi.

'Prezident nutqida eng ko‘p qaysi so‘zlarni qo‘lladi?'ning rasmi

2024 yil 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Prezident o‘z nutqida deputatlar va siyosiy partiyalar vakillari bilan faol muloqot o‘rnatib, ularning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki muhimligini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari erishilgan natijalarga e’tibor qaratib, besh yillik davr yakunlarini sarhisob qildi va 2030 yilgacha bo‘lgan strategik maqsadlarni belgilab oldi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari ushbu nutqning mamlakatning strategik rivojlanishiga oid lingvistik tahlilini o‘tkazdilar. 

Ushbu tahlil nafaqat nutq mazmunini, balki uning O‘zbekistondagi siyosiy muhit va jamoatchilik idrokiga ta’sirini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, bu esa hukumat va jamiyatning o‘zaro hamkorligi kelgusi besh yilga mo‘ljallangan maqsadlar doirasida mamlakat kelajagini shakllantirishga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.

Tahlil quyidagilarni ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida jami 3318 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 23 harfdan iborat bo‘lib, bu siyosiy va iqtisodiy mavzularga xos murakkab atamalar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga nutqda qo‘llanilgan so‘zlar o‘rtacha 7 ta harfdan iborat bo‘lgan.

Nutq matnidan so‘zlar buluti hosil qilindi va bu nutqdagi eng muhim mavzularni tasavvur qilish imkonini yaratadi hamda O‘zbekistondagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Prezident nutqining lingvistik tahlilida asosiy kalit so‘zlar, "hukumat" so‘zi 29 marta, “aholi” va “davlat” so‘zlari 18 marta, “rahbar” so‘zi 16 marta, “qonun” va “dastur” so‘zlari 15 marta, “iqtisodiyot” so‘zi 14 marta va “tizim” so‘zi 13 marta ishlatilgan.

“Mamlakat” va “deputat” so‘zlari 9 marta qo‘llangan bo‘lsa, “O‘zbekiston”, “xalqimiz”, “xizmat” va “sifat”, “parlament” so‘zlari 8 marta, “investitsiya” va “imkoniyat”, “vazirlik” so‘zlari 7 marta, “energiya”, “ta’lim” va “yoshlar” so‘zlari 6 marta tilga olingan.

Ikki so‘zli iboralarni tahlil qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, “Vazirlar mahkamasi” iborasi 6 marta, “Markaziy Osiyo”, “Bosh vazir” iboralari 5 marta, “yangi hukumat” iborasi 4 marta qo‘llanilgan. “Yangi O‘zbekiston”, “tashqi siyosat”, “kambag‘allikni qisqartirish” iboralari esa 3 marta tilga olingan.

Uch so‘zdan tashkil topgan iboralardan “kelgusi besh yil” iboraci 5 marta, “yalpi ichki mahsulot” iboraci 3 marta, “parlament va hukumat”, “ijro etuvchi hokimiyat”, “jon boshiga daromad” va “suv tejaydigan texnologiya” iboralari 2 marta tilga olingan.

Shunday qilib, tahlilda davlat siyosatining boshqaruv, iqtisod va ijtimoiy masalalar kabi eng muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yo‘nalishlar va ularda ishlatilgan so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi 

Taqdim etilgan tahlilda davlat siyosatining turli yo‘nalishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan kalit so‘zlar ta’kidlangan. 

Yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishda kalit so‘zlar "aholi", "mahsulot", "imkoniyat" va "tizim" hisoblanadi. Bu so‘zlar resurslarni samarali boshqarish va o‘sish uchun imkoniyatlar yaratish muhimligini ta’kidlaydi.

Iqtisodiy o‘sish sur’atini oshirish yo‘nalishida "hukumat", "eksport", "investitsiya", "xizmat" va "texnologiya" so‘zlari asosiy o‘rin egalladi. Ular iqtisodiyotni rag‘batlantirishda davlat va xususiy sektorning roliga e’tibor qaratmoqda.

Kambag‘allikni kamaytirishda "mahalla", "oila", "aholi", "dastur" va "ta’lim" kabi so‘zlar markaziy o‘rinni egalladi. Bu atamalar mahalliy jamoalar va ta’lim sharoitlarini yaxshilashga qanday yordam berishini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, iqtisodiyot va aholi daromadlarini o‘stirish yo‘nalishida "sanoat", "energiya", "hukumat", "daromad" va "investitsiya" so‘zlariga alohida urg‘u berilgan. Bu iqtisodiyotni rivojlantirish va turmush darajasini oshirishga kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirishga tegishli kalit so‘zlar "hukumat", "tibbiy", "ta’lim", "sifat" va "maktab" muhim ahamiyat kasb ettirdi. Ushbu atamalar inson kapitaliga sarmoya kiritish muhimligini ta’kidlaydi.

"Qonun", "rahbar", "hukumat", "hamkorlik", "parlament", "deputat", "davlat" va "sifat" terminlari davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilishda "Osiyo", "davlat", "mintaqaviy" va "hamkorlik" so‘zlariga alohida e’tibor qaratilgan.

2025 yilni nomlash mavzusi "yashil energiya", "iqlim", "atrof-muhit" va "asrash" atamalari bilan bog‘liq.

Shunday qilib, yuqoridagi tahlildan ko‘rinadiki, mamlakat iqtisodiyoti va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha kompleks yondashuv qo‘llanilib, har bir yo‘nalishda aniq strategik maqsadlar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilmogda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:06

    Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilmogda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan zamonaviy futbol stadioni qurilishi bilan tanishdi.

    'Dollar yana ko'tarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:52

    Dollar yana ko'tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Samarqandda yaroqsiz alkogol savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:45

    Samarqandda yaroqsiz alkogol savdosi fosh etildi

    Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga chiqarish holati aniqlandi.

    'Toshkentda sakura bog‘i va sun’iy ko‘lli dendropark barpo etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:44

    Toshkentda sakura bog‘i va sun’iy ko‘lli dendropark barpo etiladi

    Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan loyihada ma’lum qilindi.

    'Texasda neft zavodida kuchli portlash boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:21

    'Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li 2030 yilda ochilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:43

    Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li 2030 yilda ochilishi mumkin

    Yuklarni etkazib berish vaqti qisqarib, logistika salohiyati kengayadi.