AsosiyJamiyat

Chegarada 35 kilogrammdan ortiq narkotik ushlandi

Oʻzbekiston chegaralarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari olib kirilishiga chek qoʻyildi.

'Chegarada 35 kilogrammdan ortiq narkotik ushlandi'ning rasmi

DXX va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 35 kilogramdan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi. Jumladan, ikki nafar shaxs chegaranini noqonuniy kesib o‘tgan vaqtida ulardan opiy va hashis, shuningdek tamaki mahsulotlari topildi.

Yana bir holatda esa uch nafar shaxs Afg‘onistondan Amudaryo orqali suzib o‘tayotganida uslandi. Ularning yonidan ham yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari aniqlandi.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumondorlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar