Vashingtonda o‘tkazilgan UFC Freedom 250 turnirining markaziy jangida amerikalik fighter Jastin Getji Iliya Topuriya ustidan g‘alaba qozonib, yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, jangning ilk raundlarida Topuriya faolroq harakat qilgan. Biroq keyingi bo‘limlarda Getji tashabbusni o‘z qo‘liga olib, raqibiga jiddiy bosim o‘tkazgan.
To‘rtinchi raund yakunlanganidan so‘ng shifokorlar Topuriyani ko‘rikdan o‘tkazgan. Jangchining ko‘rish bilan bog‘liq muammolari kuzatilgani sababli uning murabbiylari bahsni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa texnik nokaut qayd etilgan va Getji g‘olib deb topilgan.
Jangdan keyin amerikalik fighter g‘alabaga ishonishi qiyin bo‘lganini aytgan.
“Birinchi raunddan omon chiqishim kerakligini bilardim. U juda xavfli raqib edi. Ammo chidamliligim va matonatim g‘alabaga yordam berdi”, degan Getji.
Qayd etilishicha, turnirni tomosha qilish uchun AQSh Prezidenti Donald Trump ham tashrif buyurgan. U jangdan keyin Jastin Getjini shaxsan tabriklagan.
Ko-mein eventda esa fransiyalik Siril Gan braziliyalik Aleks Pereyrani ikkinchi raundda nokautga uchratib, og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, turnir doirasida Shon O’Melli Ayemann Zahabini, Bo Nikal esa Kayl Daukausni mag‘lub etgan.






