Ota-onasini «boboy», «momoy» deyish gunohmi?

Savol-javob 07.12.2016, 16:44
Teglar: Savol-javob
Ota-onasini «boboy», «momoy» deyish gunohmi?

Agar odam o`z ota-onasini momoy, boboy desa, masalan, oldilarida emas, begonalar bilan gaplashayotganda, «Bizning otamiz», demay, «Bizning boboy», desa, gunohkor bo`ladimi?

 

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

— Alloh taolo musulmon bandani ota-onasiga yaxshilik qilishga, ularga chiroyli muomalada bo`lishga buyurgan: «(Ey inson,) Parvardigoring, sizlarga Yolg`iz Uning O`ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo`l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» dema va ularning (so`zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so`z ayt!» (Isro, 23). Ushbu oyatda, Alloh avvalo O`zigagina ibodat qilishga, ibodatda biron narsa yo kimsani sherik qilmaslikka chaqirib, undan so`ng ota-onaga yaxshilik qilishga amr qilmoqda. Yaxshilik qilish barcha solih amallar va chiroyli muomalani o`z ichiga oladi. Shu bilan birga banda ota-onasini xafa qiladigan so`zlarni aytmasligi, ularga «uf» demasligi, faqat shirinsuxanlik ila munosabatda bo`lishi lozim.

Ota-onasiga «boboy-momoy» deb gapirishda adabsizlik, hurmatsizlik va ularga nisbatan go`yoki tepadan turib so`zlash bor. Bu yaxshi emas. Zero, bu so`zlarni eshitgan ota-ona farzandi ularni hurmat qilmasligini bilib, ichdan eziladi. Bu so`zlar ota-onasiga qanchalik og`ir botishini farzand tushunarmikan?! Tushunadi, qachonki qariganida bolasi ham uni shunday chaqirsa, o`shanda. Ammo o`sha vaqtda tushunishdan naf bormikan? O`zbek tilining izohli lug`atida «boboy» so`zi «qari kishi, chol», «qariyalarga biroz kibr aralash murojaat shakli» deya izohlangan. Demak, ota-onasini «boboy-momoy» deydiganlar, avvalo o`zlari kibrga yo`l qo`ygan va ota-onasiga hurmatsizlik qilgan bo`ladilar. Ba`zilar kibrlanib, otasini «paxan», onasini «mamashka», deydi. Shunday deb xuddi ularning obro`sini ko`targandek tutadilar o`zlarini. Aslida esa bu qilmishlari oqibatida ota-onaning qalbiga ozor etishi, farzandan xafa bo`lishlari hech gap emas. To`g`ri, shariatimizda banda bir tilda gapirishi shart qilinmagan. Kim qaysi tilda xohlasa o`sha tilda gaplashadi. Ammo rus tilida gapirdimi, boshqa so`zlarni ham o`sha tilda ifodalasin. O`zbekcha so`zlay turib, orada ba`zi ruscha so`zlarni kibr-maqtanchoqlik uchun ishlatish, xususan, «mamashka», «mamulya», «paxan» kabi so`zlarni qo`llab o`z ota-onasini nazarda tutish o`ta odobsizlikdir. Buni qat`iy harom va katta gunoh ish demaymiz. Ammo oyati karima ma`nosidan kelib chiqqan holda aytish mumkin-ki, farzand ota-ona qalbiga og`ir botadigan har qanday so`zdan tilini tiyishi, mushfiq ota-onasini, uni bolaligidan eru ko`kka ishonmay, avaylab katta qilgan insonlarni hurmat qilishi, muloyim va chiroyli so`zlar bilan murojaat etishi shart!

  muxlis.uz saytidan olindi.

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1