1

Baliqli “Hasip” - tushlik uchun ajoyib egulik!

SUG'DIYONA 07.12.2016, 17:01
Teglar: Taom
Baliqli “Hasip” - tushlik uchun ajoyib egulik!

 

Zarur masalliqlar: 800-900 gr. baliq go`shti, bitta piyoz, bir dona tuxum, 2 osh qoshiq un, yarim bog`dan shivit va kashnich, 1 osh qoshiq sariyog`, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini bo`laklab, pichoq bilan qiymalang. Tovaga sariyog` solib, mayda to`g`ralgan piyozni qizargunicha qovuring. So`ng piyozni baliq qiymasiga qo`shing.

2. Baliq qiymasiga tuxum va un qo`shib, aralashtiring. Tuz va murchni qo`shib, ta`mini rostlang. Hosil bo`lgan aralashmadan o`rtacha qalinlikdagi rulet shaklini yasab, unga botirib oling.

3. Qiymali ruletni 2-3 qavatli dokaga o`rang va atrofini ip bilan bog`lab, mustaHkamlang. So`ng ko`katlar va tuz qo`shilgan qaynoq suvga solib, o`rtacha olovda yarim soat qaynating.

4. Taom tayyor bo`lgach, suvdan olib, sovugunicha dokadan ajratmang. Unga qadar sous tayyorlab oling. Buning uchun sariyog` solingan tovada piyozni qovurib, ustidan ko`kat soling. So`ng 2-3 osh qoshiq smetana qo`shib, aralashtiring-da, olovdan oling.

5. Baliq “Hasip”ni dokadan ajratib, Halqa shaklida kesing-da, likopchalarga soling. Ustidan sous quyib, dasturxonga tortish mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.

                             

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1