AsosiyJamiyat

84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan joylarda sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalla “yettilik”lari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bayram tadbirlari tashkil etildi.

'84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi'ning rasmi

Joylarda Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yashash sharoitlarini yaxshilash  borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Prezident Xalq qabulxonalari tashabbuslari bilan “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironligi bor fuqarolarning ko‘ngillarini shod qilish, davlatimizning ularga nisbatan bo‘lgan g‘amxo‘rligini yanada namoyon etish maqsadida joylarda sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalla “yettilik”lari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator bayram tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Toshkent shahri “Chorbog‘” mahallasida joylashgan maxsus 508-sonli MTTda bayram tadbir tashkil qilinib, 84 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga davlatimiz rahbari nomidan sovg‘alar topshirildi.

Guliston shahridagi tantanalar uyida ham bayram tadbiri tashkil etilib, unda O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Afg‘onchilar birlashmasi, Chernobilchilar assotsiatsiyasi hamda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Yoki Navoiy shahrida nogironligi bo‘lgan 400 nafar fuqarolarga ehtirom ko‘rsatildi. Ular uchun bayramona dasturxon yozilib, konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirlarda so‘z olganlar ushbu bayram dasturxonlari yurtimizda inson qadri uchun, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarga hamohanligi, oramizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxurlik qilishimiz ham farz, ham qarz ekanligi, qolaversa, xayrli ishni har kim har kuni qilishi lozimligini ta’kidlashdi.

Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan 250 dan ziyod bayram tadbirlarda jami 13 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olinib, davlatimiz rahbari nomidan turli hil sovg‘alar topshirildi. Tadbirlar hafta mobaynida davom etadi.

Bundan tashqari, bayram munosabati bilan 4 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar uylariga borib, holidan xabar olindi, sovg‘alar va ro‘zg‘or buyumlari topshirildi, 12 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarga turli hil yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, dori-darmonlar, maishiy texnika, protez ortopediya vositalari, moddiy yordam va boshqa turdagi ko‘maklar ko‘rsatildi.

Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda o‘tgazilgan tadbirlar doirasida jami 2 300 ta nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olinib ularga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, hassa-tayoq kabi reabilitatsiya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Navoiy shahrida alohida ta’lim ehtiyojlari muhtoj bo‘lgan bolalar uchun 16-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bugungi kunda 108 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Ushbu maskanda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan homiylik asosida yangi sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini qo‘llab-quvatlash bo‘yicha 16,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 14 mingga yaqini, ya’ni 84 foizi qanoatlantirildi.

Jumladan, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi tibbiy amaliyot, qismi nogironlik guruhini tiklash va o‘zgartirish, nogironlikni belgilash, nogironlik nafaqasini tayinlash, nogironlik bo‘lgan shaxslarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, davolanish uchun order ajratish kabi masalalarga doir. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '6 oyda 103 ga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 10.07.2025 19:14

    6 oyda 103 ga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud ma’lum qilindi

    Yolg‘on chaqiruv kelib tushgan eng kam va eng ko‘p viloyatlar aniqlandi.

    'Buxoroda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 10.07.2025 18:23

    Buxoroda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi

    Qaynota 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.07.2025 17:07

    'O‘zbekistonda 40-50 yillik mashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 10.07.2025 14:39

    O‘zbekistonda 40-50 yillik mashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin

    Deputat Alisher Qodirov eski avtomobillarni bosqichma-bosqich yo‘llardan chiqarish kerakligini ta’kidladi.

    'Islom merosining bebaho xazinasi namunalari O‘zbekistonga tarixiy qaytishi arafasida Londonda namoyish etildi'ning rasmi

    Jamiyat 10.07.2025 13:13

    Islom merosining bebaho xazinasi namunalari O‘zbekistonga tarixiy qaytishi arafasida Londonda namoyish etildi

    Londondagi ikki ko‘rgazmada ilk bor xalqaro jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan eksponatlar orasida dunyoning yetakchi olimlari, ekspertlari, mas’ul mutaxassislar, mashhur muzey va kutubxonalar vakillari va kolleksionerlari ishtirok etdi.

    'Yer maydonlarini pullamoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 10.07.2025 12:50

    Yer maydonlarini pullamoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.