AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.

'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti vaqti bilan qor yog‘adi,  ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, tuman tushadi.Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar