AsosiyJAMIYAT

Toshkentda ko‘p qavatli uy fasadi yondi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

'Toshkentda ko‘p qavatli uy fasadi yondi'ning rasmi

Toshkent shahri Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismida 13 iyun kuni yong‘in sodir bo‘ldi.  Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in haqidagi xabar soat 10:21 da shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga 10:23 da yetib borgan.

Yong‘in boshlanganidan so‘ng uy aholisi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Hodisa soat 11:00 da yong‘in tarqalishi to‘xtatilgan, 11:10 da esa to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda binoning tashqi qoplamasi alanga olgani aks etgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar