G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 10–15 darajani, kunduzi esa 20–25 darajani tashkil etadi.
Shuningdek, ayrim hududlarda ob-havo nisbatan salqinroq bo‘lishi mumkin. Bu joylarda ham yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida esa ob-havo yanada beqaror bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida esa 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo harorati 5–10 daraja, kunduzi 10–15 daraja atrofida bo‘ladi.






