AsosiyJamiyat

Endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar bir yilgacha qamaladimi?

Hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmogda.

'Endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar bir yilgacha qamaladimi?'ning rasmi

Ekologik partiya fraksiyasi deputatlari hayvonlarga nisbatan shafqatli munosabatni ta’minlashga qaratilgan yangi qonun loyihasini taklif qilmoqda.

So‘nggi yillarda hayvonlarga zulm holatlari kamaygan bo‘lsa-da, hanuzgacha uchrab turadi. Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, shafqatsiz munosabat uchun jazolar kuchaytiriladi: jarimalar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha (82 mln so‘m) oshirilishi yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun veterinariya xarajatlarini qoplash majburiyati, ularni tashlab ketish holatiga chek qo‘yish va egalarining majburiyatlarini aniq belgilash ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi jamoat joylarida hayvonlar uchun qulayliklar yaratish, yo‘lboshlovchi va yordamchi hayvonlar bilan transportdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ham nazarda tutadi.

Ekopartiya jamoatchilikni takliflar bilan chiqishga chaqirib, qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etishni so‘radi. Avvalroq, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida mushuklarga nisbatan zulm qilgan M. Sh. 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Senegal vazirlari fuqarolarini chetga chiqishini taqiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:22

    Senegal vazirlari fuqarolarini chetga chiqishini taqiqladi

    Eron atrofidagi mojaro ortidan neft narhi keskin oshib, Dakar tejamkorlik choralarini kuchaytirdi.

    'Qamchiq dovonida "Cobalt" handaqqa tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:00

    Qamchiq dovonida "Cobalt" handaqqa tushib ketdi

    Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

    'MISIS Olmaliq filiali va Rossiyaning "Sifra" korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:41

    MISIS Olmaliq filiali va Rossiyaning "Sifra" korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    MISIS Olmaliq filiali hamda "Raqam" DK o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    'Rossiya 3 mingdan ortiq o'zbekistonlik mahkumni topshirishga tayyor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:19

    Rossiya 3 mingdan ortiq o'zbekistonlik mahkumni topshirishga tayyor

    Rossiyada jazo oʻtayotgan minglab Oʻzbekiston fuqarolari vataniga qaytarilishi mumkin, ammo bu jarayon hali toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan.

    'Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:13

    Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

    Toshkentda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazilmoqda.

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:47

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, bugun respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.