AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident Qoraqalpog‘istonda qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, investitsiyani ko‘paytirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

'Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi'ning rasmi

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari ularning tarkibiga e’tibor qaratdi. Xususan, kelasi yil uchun reja qilingan 3,1 milliard dollar investitsiyaning bor-yo‘g‘i 500 million dollari hududiy loyihalarga to‘g‘ri keladi.

Shu bois tumanlardagi hamma imkoniyatlarni safarbar qilib, bu nisbatni ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik hududiy loyihalar shakllantirilib, 120 ta korxona ishga tushiriladi. Eksport miqdori 500 million dollarga yetkaziladi.

85 ta yirik korxona to‘liq quvvatga olib chiqiladi. Shuningdek, yangi korxonalar, savdo va servis maydonlari tashkil etilib, 150 ming odamning bandligi ta’minlanadi. Natijada ishsizlik darajasi 5,4 foizga tushadi. 20 ming ehtiyojmand oilaga daromad manbai yaratilib, kambag‘allikni 7,6 foizga kamaytirish choralari ko‘riladi.

Hozirgi kunda Qoraqalpog‘istonda 1 gigavattli shamol elektr stansiyasi qurilayapti. Jami 9,3 gigavattli shunday stansiyalar qurish bo‘yicha loyihalar boshlanayapti. Bu – yiliga 33 milliard kilovatt soat elektr energiyasi, degani. Tabiiy gaz bo‘yicha ham qulaylik ko‘p.

Shuning uchun metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari kabi tarmoqlardagi ko‘p energiya talab qiladigan yirik loyihalarni Qoraqalpog‘istonda joylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qishloq xo‘jaligida ham samaradorlikni oshirish zarur. Sug‘oriladigan yerlarda jami 3 ming gektar sanoatlashgan bog‘ va tokzor barpo qilinadi. 31 ming gektarda kunjut, 22 ming gektarda mosh ekib, eksportga yo‘naltiriladi. 30 ming gektarda qizilmiya ekish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Bular Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlarning ayrimlari, xolos. Ularni samarali ishga solish hududning jadal taraqqiyotini ta’minlaydi.

Shu bois Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalishni – qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi. Mazkur tuzilma har bir tumanning o‘sish nuqtalarini tahlil qilib, qanday ekinlarni yetishtirish, yerdan daromadni ko‘paytirishga yordam beradi. Xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha loyihalar tayyorlab, hokimlarga yetkazadi. Yangi turizm yo‘nalishlarini ochish va ularga infratuzilma olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Mutasaddilarga investitsiya loyihalarining borishi, bandlik va eksport rejalari ta’minlanishini alohida nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilib, har bir tumanni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.

  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 21:18

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 15:53

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 15:33

    Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi

    Toshkent metrosi ilk marta Yangi yil bayrami munosabati bilan 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

    'Avtomobillarni ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘lovi kamaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 14:48

    Avtomobillarni ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘lovi kamaytirildi

    Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va yana bir nechta xizmatlardagi to‘lov stavkalari o‘zgartirildi.

    'Murojaatchining muammosiga yechim topish har bir rahbarning ustuvor vazifasidir'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 13:51

    Murojaatchining muammosiga yechim topish har bir rahbarning ustuvor vazifasidir

    “2025 yil - atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishi munosabati bilan 800 dan ziyod rahbar kadrlar va sektorlar rahbarlari oldida turgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    'Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 13:17

    Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

    Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini huquqiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.