AsosiyJamiyat

Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

Sharof Rashidov tumanida 23 yoshli tezkor xodim Cobalt’ni boshqarib ketayotgan paytda halokatga uchradi va oradan bir hafta o‘tib shifoxonada vafot etdi.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 noyabr kuni soat 22:15 larda tumanning To‘qchilik mahallasi hududida IIBning 23 yoshli xodimi J.A. otasiga tegishli Cobalt’ni boshqarib ketayotgan paytda ruldagi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil ag‘darilib ketgan.

Yosh xodim og‘ir tan jarohatlari bilan RShTYIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 23 noyabr kuni vafot etgan.

Ma’lumot uchun, keyinroq Namanganda ham YPX xodimi katta tezlikda kelayotgan Onix urib ketishi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar