AsosiyJamiyat

Soliq tekshiruvlarida 13 417,1 mrld so‘mlik tafovutlar aniqlandi

11 oyda 26,3 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan

'Soliq tekshiruvlarida 13 417,1 mrld so‘mlik tafovutlar aniqlandi'ning rasmi

O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

2024 yil yanvar-noyabr oylari davomida 26,3 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlarining (563 ming) 4,7 %ni tashkil etadi.  

Ushbu tekshiruvlar natijasida 13 417,1 mrld so‘m tafovutlar aniqlangan hamda soliq to‘lovchilarga tafovutlar to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:

  • QQS – 6 901,8 mrld so‘m;
  • foyda solig‘i – 5 663,5 mrld so‘m;
  • JSHODS – 291,6 mlrd so‘m;
  • AOS – 158,2 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar va yig‘imlar – 401,9 mlrd so‘m. 

 Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:

  • umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish – 7 507,8 mrld so‘m;
  • qurilish – 2 138 mrld so‘m;
  • ishlab chiqarish – 1 962,2 mrld so‘m;
  • qishloq xo‘jaligi - 604,8 mlrd so‘m;
  • transport - 580,7 mlrd so‘m;
  • boshqa sohalar - 623,6 mlrd so‘m.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar