Avvalroq, Ozarbayjon aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragandi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitidan Rossiyadan Bokuga qaytadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Fojia munosabati bilan Ozarbayjon Prezidenti zudlik bilan Bokuga qaytmoqda”, deyiladi xabarda.
Qolaversa, Aliyev Ozarbayjon hukumati vakillaridan iborat delegatsiya Aqtauga tezkor ravishda borishi haqida topshiriq bergan. Shu bilan birga, Qozog‘iston Prezidenti samolyot halokatini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishni buyurgan, unga Bosh vazir o‘rinbosari Bozumbayev rahbarlik qiladi.