AsosiyDUNYO

Ali Xomanaiyning dafn marosimi sanasi ma'lum qilindi

Dafn marosimi 9 iyul kuni Mashhad shahrida bo'lib o'tadi.

'Ali Xomanaiyning dafn marosimi sanasi ma'lum qilindi'ning rasmi

Eron davlat OAVlari mamlakat sobiq oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv va dafn marosimlari o‘tkaziladigan sana hamda manzillarni e’lon qildi. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib Zamon.uz ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, vidolashuv tadbirlari 4–5 iyul kunlari Tehron shahridagi Imom Xomeyniy masjidida boshlanadi. Unda marhum bilan rasmiy xayrlashuv marosimlari o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, 7 iyul kuni Qum shahrida navbatdagi vidolashuv tadbiri tashkil etiladi. Unda jamoatchilik va rasmiy shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda. Yakuniy dafn marosimi esa 9 iyul kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tadi. Xomanaiyning jasadi Imom Rizo ziyoratgohi hududida dafn etilishi rejalashtirilgan. Eron rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, marosimlar bir necha bosqichda tashkil etilib, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holda o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, Ali Xomanaiy 2026 yil fevral oyida Tehrondagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Mamlakatdagi xavfsizlik vaziyati sababli vidolashuv tadbirlari bir necha oyga kechiktirilgan.

    Boshqa yangiliklar