AsosiyJAMIYAT

So'nggi uch kunda Turkiyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

'So'nggi uch kunda Turkiyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

Turkiyada so'nggi uch kun ichida to'rt nafar O'zbekiston fuqarosining vafot etgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, 11 iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida 31 yoshli O'zbekiston fuqarosi, uning Turkiya fuqarosi bo'lgan turmush o'rtog'i va ikki oylik farzandi halok bo'lgan.

Shuningdek, 12 iyun kuni Tuzla tumanida ro'y bergan yana bir yo'l-transport hodisasida 23 yoshli O'zbekiston fuqarosi og'ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

13 iyun kuni esa Istanbuldagi shifoxonalardan birida uzoq vaqt saraton kasalligi bilan kurashgan 58 yoshli O'zbekiston fuqarosi bo'lgan ayol hayotdan ko'z yumgan.

Bosh konsulxona marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Qayd etilishicha, ayni paytda Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda jasadlarni O'zbekistonga olib kelish va boshqa tashkiliy masalalar bo'yicha zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar