1

Dudlangan baliqli salat - bunisiga nima deysiz?!

SUG'DIYONA 09.12.2016, 15:24
Teglar: Taom
Dudlangan baliqli salat - bunisiga nima deysiz?!

Zarur masalliqlar: 80-100 gr. dudlangan baliq go`shti,  bir bog` salat bargi, bir bog` yashil loviya ko`kati, 5-6 ta mayda pomidor, 4 osh qoshiq quritilgan qovoq danagi. Sous uchun: yarim osh qoshiq  xantal (gorchisa) aralashmasi, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 osh qoshiq limon sharbati, 3 osh qoshiq zaytun yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini yupqa parrak shaklida to`g`rang. Yashil loviyani 10-15 daqiqa tuzli suvda qaynating.

2. Pomidorlarni to`rtga bo`lib, kesing. Salat bargini esa uzunasiga to`g`rang.

3. Sous uchun xantal, soya sousi, limon sharbati va zaytun yog`ini aralashtirib, ta`bga ko`ra, tuz va murch qo`shing.

4. Salat idishiga to`g`ralgan baliq go`shti, pomidor, salat bargi va katta bo`laklarda kesilgan yashil loviya solib, engil aralashtiring. Ustidan tayyor sousni quyib, yana bir marotaba aralashtiring-da, 15 daqiqaga qoldiring. Salatni dasturxonga tortishda ustini qovoq danagi bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa. 

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1