1

«Sevadi-yu, xiyonat qilishdan to`xtamaydi...»

SUG'DIYONA 09.12.2016, 15:54
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
«Sevadi-yu, xiyonat qilishdan to`xtamaydi...»

— Bundan o`n etti yil avval sevishib, sinashib oila qurganmiz. Uch nafar farzandimiz bor. Erim avtomoshanasida vodiydan poytaxtga qatnab tirikchilik qiladi. Topish-tutishi yaxshi, balki shu narsa ham tinimsiz xiyonatlariga sabab bo`lar... Uyga kelganida ham qo`lidan telefoni tushmaydi. Nuqul qandaydir ayollar bilan gaplashgani-gaplashgan. Hatto bir necha marta ularga erimni tinch qo`yishini aytib ham ko`rdim. Bari befoyda.  Boshqa haydovchilar ikki-uch marta borib qaytganida ham erim mijoz yo`qligini bahona qilib, poytaxtda yuraveradi. «Axir siz bilan ketgan sheriklaringiz ikki marta borib kelishdi-ku», desam, «Sen aralashma, o`zim bilaman», deydi. Mashinasiga o`tirgan ayollarnining boshini aylantirib, uch-to`rt oy ko`ngilxushlik qiladi. Zerikkach, ikki haftacha tinch yuradi, keyin yana eski «qilig`i»ini davom ettiraveradi. Nima qilishni ham bilmay qoldim. Ajrashman desam, «Seni sevaman, sensiz yashay olmayman», degan gaplarni eshitaman. Bu ahvolda yashashni ham istamayman. Kasbini o`zgartirishga ko`nmaydi. Chunki boshqa ish qo`lidan kelmaydi, viloyatimizning o`zida kirakashlik qilishga ham ko`nmaydi. Bunday yashash jonimga tegdi. Erimni bu yo`ldan qaytarishni xohlayman.

Ismi sir tutildi. 

Qaynonajon: — Uch farzandning ota-onasi bo`lib ham bir-birini tushunolmaslik og`ir. Erkak ko`chaning odami, deyishadi. Bu gap rost. Biroq biz buni tan olgimiz kelmaydi. Kim bilan gaplashadi, mashinasiga kimlarni o`tkazadi, qaerlarga olib boradi… Ohho, bu so`roq-savollarning adog`i yo`q. Bu bilan sizni ayblamoqchi emasmiz. Tirikchilik ilinjida erkaklarimiz ne ko`chalarga kirishmaydi, deysiz. Ammo  meni hayratga soladigan bir fikr bildirgansiz, u kishining mashinasiga o`tirgan barcha ayollar ahloqsizmikan? Nahotki? Ko`pchilikni bu toifaga kiritib xato qilmayapsizmi? Yo`lda yurganning ham o`z tashvishi, yumushlari bor, axir. Bu achchiq so`zlarni ko`ngilga olmang-u, ona qizim, tafakkur qilib ko`ring. Zero, haqiqat achchiq bo`ladi. Mijozlarini yo`qotmaslik uchun telefon almashib, hol-ahvol so`rab tursa kerak. Bozor sharoitida ko`chada rizq topish oson ekanmi? Siz u kishidan mehringizni ayamang. Behuda rashk erkakni uydan bezdiradi. Mabodo shunday harakatlari bor bo`lsa ham, bilmaganga oling, o`zlari vijdoni qiynalib, xijolat bo`lishlari tabiiy. Bolalarni bag`ringizga bosib, oilangiz — umrlik qo`rg`oningizni mustahkam saqlang. Sizga tinchlik-totuvlik, ayollik va onalik baxtini tilab qolamiz.

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos: — Turmush o`rtog`ingizda ruhiy muammolar bor. Palapartish hayot kechirayotganidan g`ayrishuuriy tarzda nimanidir izlayapti degan xulosaga kelish mumkin. Aynan nimaligini uni ko`rmay turib aytish qiyin. Buni xuddi alkogol, tamaki yoki narkotik vositalarga bo`lgani singari qaramlik deb qabul qilish lozim. Shuningdek, er-xotin munosabatlarida ham muammo mavjuddek. Agar eringizdan bu ishlarga chek qo`yishini talab qilsangiz, uni nazoratga olib, har bir ayol mijozi bilan janjallashib chiqsangiz, vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Turmush o`rtog`ingizga ruhan yaqinlashishni maslahat beraman. Buning uchun o`zingizni kuzatib, doim qiladigan xatolaringizni, uni asabiylashtiradigan so`zlar va hatti-harakatlaringizni takrorlamaslikka intilishingiz lozim. Shuningdek, turmush o`rtog`ingizning xiyonati sizda qanday tuyg`ularni uyg`otayapti? G`azabmi, xo`rlikmi, achchiqlanishmi, shuni aniqlang. Toki bu tuyg`ulardan xalos bo`lmas ekansiz oldinga siljishingiz dargumon. Ammo bari birgina urinishda iziga tushib ketishiga umid qilish noto`g`ri. Har qanday munosabatlar ham muntazam mehnatni talab qiladi. 

Saodat OChILOVA yozib oldi.

 

 

 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1