AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi

Joriy yil 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.

'Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu yil 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Birinchi marta 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.

Mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratiladi.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida 32 ta yo‘nalishda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yiladi. Misol uchun, 300 ta og‘ir mahallada umumiy quvvati 107 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Ularga kambag‘al oilalar a’zolari kooperatsiya asosida ishga olinadi.

123 ta tumanda kambag‘al aholi 20 ming gektar o‘rmon va ko‘chatzor barpo etish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etiladi. Ular ekkan har 100 ta daraxt uchun 375 ming so‘m subsidiya to‘lanadi.

Turizm salohiyati bor joylarda mehmon uylari va oshxonalar, muayyan pochta bo‘limlarida elektron tijorat markazlari ochilib, kambag‘al oila vakillari ishga olinadi.

Umuman, joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib, 210 ming nafar aholi kambag‘allikdan chiqariladi.

Chekka hududlardagi, og‘ir toifadagi qishloqlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ularga ishchanlik ruhini olib kirib, boqimandalikni kamaytirishga, kambag‘al oilalar mehnatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari 2025 yil ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi yil bo‘lishini yana bir bor ta’kidlab, bu boradagi chora-tadbirlarni tartibli va manzilli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bu vazifalarning bajarilishini qat’iy nazoratga olish topshirildi. Har bir loyiha, har bir chora-tadbir elektron platformaga kiritilib, yaratilgan ish o‘rinlari soliq bazasida tekshirilishi belgilandi.

Mahalliy hokimlik xodimlari va “mahalla yettiligi” uchun o‘quvlar tashkil etish, yaxshi tajribalarni targ‘ib qilish muhimligi aytildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.10.2025 20:58

    'Shayxontohurda avtobusda bugʻ chiqishi vahima keltirib chiqardi'ning rasmi

    Jamiyat 16.10.2025 18:50

    Shayxontohurda avtobusda bugʻ chiqishi vahima keltirib chiqardi

    Mazkur holat yuzasidan FVB rasmiy izoh berdi.

    'Chetda qarovsiz qolgan 5 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 16.10.2025 18:40

    Chetda qarovsiz qolgan 5 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

    Voyaga yetmaganlar Ichki ishlar vazirligi xodimi hamrohligida Toshkentga olib kelindi, ular ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.

    'Ozarbayjonda sobiq prezident maʼmuri hibsga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 16.10.2025 18:27

    Ozarbayjonda sobiq prezident maʼmuri hibsga olindi

    Davlatga xiyonat va mol-mulkni qonuniylashtirishda ayblangan siyosatchiga 4 oylik uy qamog‘i tayinlandi.

    '2026 yildan EHFlar xavf darajasiga ko‘ra baholanadi'ning rasmi

    Jamiyat 16.10.2025 18:13

    2026 yildan EHFlar xavf darajasiga ko‘ra baholanadi

    Solıq organlari elektron hisobvaraq-fakturalar orqali shubhali operatsiyalarni avtomatik anıqlashni boshlaydi.

    'Tashiyev shahar rahbarlarini kaltaklab, qamoq bilan qoʻrqitdi'ning rasmi

    Jamiyat 16.10.2025 17:36

    Tashiyev shahar rahbarlarini kaltaklab, qamoq bilan qoʻrqitdi

    MXDQ raisi Tashiyev Manas shahar hokimi va kengash raisiga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqida ma’lumotlar tasdiqlandi.