AsosiyDunyo

500 kilo vaznga ega misrlik qizning ozishiga Hindiston hukumati yordam beradigan bo`ldi

500 kilo vaznga ega misrlik 36 yoshli Eman Ab El Atini operasiya qilish uchun chet elga ch...

500 kilo vaznga ega misrlik 36 yoshli Eman Ab El Atini operasiya qilish uchun chet elga chiqishida Hindiston hukumatining yordami kerak bo`ldi, deb xabar beradi "Vesti".

Hindiston ichki ishlar vaziri 20 yildan beri joyidan qo`zg`almagan ayolning viza olishiga yorda berdi.

Eman Axmed 11 yoshga to`lganida uning vazni 500 kilogramga etdi.

Misrlik fuqaroda ayrim bezlarning disfunksiyasi qayd etilgan. Ushbu kasallik tufayli uning organizmida ko`p miqdorda suyuqlik to`planadi. Bundan tashqari, ayol fil kasalligidan aziyat chekadi.
  
Eman Axmed Aleksandriyadagi uyidan hech qaerga chiqmaydi, u deyarli harakatlana olmaydi. Ayolning singlisi ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi insonlarni operasiya qiladigan hind shifokori Muffazal Lakdavala bilan bog`landi. 

Jarrohning aytishicha, u Axmedning oilasiga yo`l va transport xarajatlarini to`lashga ham yordam bergan.

Bundan tashqari, Lakdavala ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat ichki ishlar vaziriga murojaat qilib, Axmedga viza olishda yordam berishini so`ragan.

Ayni paytda misrlik fuqaro Hindistonga uchib ketishga tayyorgarlik ko`rmoqda.

Boshqa yangiliklar