AsosiyDunyo

Yaponiyada keksa ayollar ataylab qamoqqa tushishga urinmoqda

Keksa va yolg‘iz ayollar qashshoqlikdan qutulish uchun ataylab mayda jinoyat sodir etib, qamoqxonaga tushishga urinmoqda.

'Yaponiyada keksa ayollar ataylab qamoqqa tushishga urinmoqda'ning rasmi

Yaponiyaning eng katta ayollar qamoqxonasida mahkumlarning yoshi kattarib borayotgani bo‘lishi so‘nggi yillarda jiddiy ijtimoiy muammoga aylandi. CNN xabariga ko‘ra, mamlakatdagi ayollar qamoqxonalarida 65 yoshdan oshgan mahkumlar soni sezilarli darajada oshgan, bu mamlakatning umumiy demografik o‘zgarishlari bilan bog‘liq.

Yoshi katta mahkumlarning asosiy qismi jinoyat sodir etishga majbur bo‘lgan ayollar bo‘lib, ularning aksariyati ijtimoiy ihotalanish, moliyaviy qiyinchiliklar va yolg‘izlik tufayli qamoqqa tushgan. Ular orasida mayda o‘g‘irliklar sodir etgan yolg‘iz ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 

Eng ayanchlisi, Yaponiyada keksa va yolg‘iz ayollar qashshoqlikdan qutulish uchun ataylab mayda jinoyat sodir etib, qamoqxonaga tushishga urinmoqda. Bu yerda tekin yotoq joy, uch mahal ovqat va tibbiy parvarish ta’minlanishi, eng muhimi, odamlar orasida, yolg‘izlikdan qiynalmay umrguzaronlik qilish keksalarni shunga majbur qilmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada yolg‘iz qolayotgan va turli ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan keksalar soni ortib boryapti. Bu nafaqat jamiyatdagi yolg‘izlik muammosini, balki pensiya tizimidagi yetishmovchiliklarni ham ochib bermoqda. Qamoqxonalardagi keksalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning ruhiy holatini nazorat qilish kabi choralar hukumat uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi.

Tokio universiteti professori Miyoko Xayashining fikricha, bu tendensiya nafaqat qonunbuzarlikka qarshi kurash, balki keksalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirishni ham talab etadi. Uning aytishicha, keksalarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashuvchi dasturlar yaratilishi zarur.

Yaponiyada yoshi katta aholining jadal o‘sishi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy tizimlarni ham jiddiy o‘zgarishlarga majbur qilmoqda. Mamlakatdagi demografik tanazzul ijtimoiy xavflarga sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi ekspertlar.

Bu holat Yaponiyadagi demografik vaziyat va uning jamiyatga ko‘rsatayotgan ta’sirini yanada chuqur o‘rganishni talab qilmoqda.

                                      Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30