AsosiyDunyo

Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

Axios xabariga ko‘ra, Zelenskiy va AQSh armiyasi vakili D. Driskoll 20 noyabr kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yangi tinchlik rejasi nusxasini muhokama qildi. Avvalroq rejani ishlab chiqishda Ukraina hali jalb qilinmaganligi va u Rossiya bilan maslahatlashilgani uchun Zelenskiy uni muhokama qilishga tayyor emasligi xabar qilingan edi. Shu bois Turkiyada rejani muhokama qilish uchun rejalashtirilgan uchrashuv bekor qilingan. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Driskoll bilan uchrashuvda Zelenskiy murosasoz pozitsiyani egallab, rejani amalga oshirish uchun birgalikda ishlashga tayyorligini bildirgan. Rejada Kiyevdan Donbassi Rossiyaga topshirish, harbiylar sonini qisqartirish, uzoq masofali qurollardan voz kechish va rus tilini rasmiy til sifatida tanlash kabi bandlar bor. Bunga evaziga AQSh xavfsizlik kafolatlari berishga va’da qilgan.

    Boshqa yangiliklar