AsosiyDunyo

Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

Nature Aging jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotga koʻra, isroillik olimlar inson organizmida senescent — yaʼni qarigan va zararli oʻzgarishlarga uchragan hujayralarni yoʻq qilishga xizmat qiladigan CD4-Eomes nomli maxsus immun hujayrasini aniqdladi. Bu haqda Zamon.uz nashri malum kildi.  Senescent hujayralar toʻqimalarning zaiflashuvi, yalligʻlanish va koʻplab kasalliklar rivojida asosiy omil hisoblanadi. Tajribalarda CD4-Eomes hujayralari kamaytirilsa, qarigan hujayralar tez koʻpayishi va umr davomiyligining qisqarishi kuzatilgan.  Olimlar ushbu hujayra turi insonlarda ham mavjudligini tasdiqladi. Eʼtiborlisi, CD4-Eomes hujayralari 100 yoshdan oshgan “super yoshi katta” odamlarda koʻproq uchragan.  Mutaxassislar bu kashfiyot qarishga qarshi yangi terapiyalar uchun yoʻl ochishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Agar ushbu hujayralarni sunʼiy ravishda koʻpaytirish yoki faollashtirish imkoni yaratilsa, qarish jarayonlarini sekinlashtirish va sogʻlom umrni uzaytirish mumkin boʻladi.

    Boshqa yangiliklar