AsosiyJamiyat

Elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi taqiqlanadi.

'Elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 24 yanvardagi majlisida elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Majlisda ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.

Bundan tashqari, aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Majlisda qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan deputatlar bergan takliflar asosida undagi normalar takomillashtirildi va loyiha matni maromiga yetkazildi. Qonun loyihasining qabul qilinishi aholining hayoti va sog‘lig‘ini yanada himoya qilish, millat genofondini saqlash, atrof-muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, elektron sigaretalarda nikotin moddasidan tashqari kanserogen, zaharli bo‘lgan 80 xil kimyoviy birikmalar va og‘ir metallar mavjudligi, ularning inson sog‘lig‘iga, atrof-muhitga jiddiy ziyoni aniqlanmoqda. Xususan, organizmda nikotinga qaramlik oshishi bilan birga bolalar va o‘smirlarda miya shakllanishiga, intellekt, bilim va qobiliyatning pasayishiga olib kelishi mumkin. 

Deputat Alisher Qodirov bu hozir to‘xtatilmasa 20 yildan keyin hech qanday qonun yordam bera olmasligini aytgandi.

“Aroq yoki tabiiy tamakini, asosan, katta yoshdagilar iste’mol qiladi, ular o‘zi uchun tanlovini qilib bo‘lgandir, lekin elektron sigaretalar maktab o‘quvchilari yoki 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida keng yoyilib ketmoqda. Iste’molchining 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar. Yoshlar va albatta, xalqimiz bu ofatning kelajakdagi zararidan qutula olmaydilar”, deydi deputat.

Milliy tiklanish partiyasi 2021 yildayoq elektron sigaretalarni cheklashni taklif qilgandi.

“Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak? Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Partiyamiz ham ushbu masalani muntazam ko‘tarib keladi”, degan edi Alisher Qodirov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bank xodimasining firibgarligini fosh etgan muxbirga ma’muriy ish ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 21:06

    Bank xodimasining firibgarligini fosh etgan muxbirga ma’muriy ish ochildi

    Eng qizig‘i o‘zgalar nomiga o‘zlashtirilgan kredit pullarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Sharofiddin Boliyev plastik kartasi orqali to‘lab kelgan. Sudya bu qonunbuzarlikdan xabardor bo‘lgan ehtimol va qonunbuzar ayolini himoya qilgan bo‘lishi mumkin.

    'Oqqo‘rg‘onda eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 20:41

    Oqqo‘rg‘onda eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi

    Erkakka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismimi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

    '“Propiska” tizimi bekor qilinib, “E-xabar berish” tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:53

    “Propiska” tizimi bekor qilinib, “E-xabar berish” tizimi joriy etiladi

    Senatordar fuqarolarni yashash va turish joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni takomillashtiruvchi qonunni qabul qilishdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:23

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:08

    'Xatti Boburiyda ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?'ning rasmi

    Jamiyat 24.01.2025 18:02

    Xatti Boburiyda ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?

    Xatti Boburiyda yozilgan Qur’oni karimning qadimiy qo‘lzmasi hozirgi kunda Erondagi Mashhad muzeyida saqlanmoqda.