AsosiyJamiyat

Endi paxtachilikda yuqori hosil olayotgan fermerlar kam hosil olayotgan fermerlarga birlashtirilishi mumkin

Buning uchun Prezidentga taklif kiritildi.

'Endi paxtachilikda yuqori hosil olayotgan fermerlar kam hosil olayotgan fermerlarga birlashtirilishi mumkin'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 noyabr kuni paxtachilikda samaradorlikni ilg‘or tajriba va texnologiyalar asosida oshirish, qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. Sohaning iqtisodiyotdagi ulushi 20 foizni tashkil etmoqda, unda yiliga 467 trillion so‘mlik mahsulot yaratilmoqda, 3,5 million kishi mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, meva-sabzavot, yangi va qayta ishlangan agrar mahsulotlar umumiy eksportning uchdan bir qismini ta’minlamoqda.

Taqdimotda paxtachilikda hosildorlikni oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Buning uchun past hosil olayotgan fermerlar bilan manzilli ishlash, ilg‘or agrotexnologiyalar va oziqlantirish amaliyotlarini to‘g‘ri joriy etish, agronom tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish choralari belgilab olindi.

Jumladan, paxtachilikda ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish orqali hosildorlikni 60 sentnerdan oshirgan ilg‘or fermerlarni 30 sentnerdan kam hosil olgan fermerlarga birlashtirish taklif qilindi.

Ilg‘or fermerlar Qishloq xo‘jaligi malaka oshirish institutida qayta tayyorlanib, ularga sertifikat beriladi. Past hosil olgan fermerlarda hosildorlik kamida 50 sentnerdan oshsa, ularga birlashtirilgan ilg‘or fermerlarga 5 million so‘mdan mukofot puli beriladi.

Agronomlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Agrar universitet va sohada agronomlarni tayyorlaydigan boshqa oliygohlar bitiruvchilari uchun ikki yillik “dual ta’lim” mexanizmi joriy etiladi. Ilg‘or klaster va fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tagan talabalarga stipendiya, ularni o‘qitgan mutaxassislarga esa rag‘bat puli to‘lanadi.

Taqdimotda mahalliy paxta navlarini yaratish ishlari ham alohida ko‘rib chiqildi.

Yurtimizda paxtachilik bo‘yicha ikkita noyob ilmiy institut – Genomika markazi va Paxtachilik instituti borligi, lekin ularning imkoniyati to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Navlarni seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu institutlarda fitotron va reproduksion issiqxona qurib berish topshirildi. Natijada yangi mahalliy nav yaratishga kerak bo‘lgan vaqt 2,5 barobar qisqaradi, olimlarning ishi tezlashib, import urug‘ga ehtiyoj qolmaydi.

G‘o‘zani plyonka ostiga ekish tajribasini ommalashtirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentimiz sohada agrodronlardan foydalanishni kengaytirish, bu borada mutaxassislarni tayyorlash muhimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligiga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalasi ham kun tartibida bo‘ldi. Hozirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va xorijiy kompaniyalar hamkorligida bu borada kadrlar tayyorlash va ilmiy infratuzilma yaratish bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.

2026 yildan paxta-g‘alla, mevalar va dukkakli ekinlar bo‘yicha hosilni ixtiyoriy sug‘urtalash tizimini yo‘lga qo‘yish, sug‘urta mukofotining 50 foizini budjetdan qoplab berish taklif qilindi.

Subsidiyalar tizimini soddalashtirish maqsadida hozirda turli idoralar tomonidan berilayotgan 75 turdagi subsidiyani yagona platforma orqali ajratib boradigan Agrar sohada to‘lov agentligini tashkil etish tashabbusi bildirildi. Bu fermerlar uchun ortiqcha ovoragarchilik va byurokratiyani keskin kamaytiradi.

Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumi uchun 21,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi — IHMA'ning rasmi

    Jamiyat 17.11.2025 22:35

    Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumi uchun 21,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi — IHMA

    Ijtimoiy himoya milliy agentligiga 1,7 mln ehtiyojmand oila kompensatsiya uchun ariza topshirgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.11.2025 21:51

    'Yanvar-oktyabr oylarida 62 mingdan ortiq iste'molchi qarzdorlik sabab suvdan uzilgan'ning rasmi

    Jamiyat 17.11.2025 21:16

    Yanvar-oktyabr oylarida 62 mingdan ortiq iste'molchi qarzdorlik sabab suvdan uzilgan

    Ushbu holatlarning eng ko'pi, ya'ni 70 foizi Toshkent shahriga to'g'ri keladi.

    'Vazirlik Surxondaryodagi 38,5 mlrd soʻmlik qoidabuzarlik holatiga izoh berdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.11.2025 20:01

    Vazirlik Surxondaryodagi 38,5 mlrd soʻmlik qoidabuzarlik holatiga izoh berdi

    Qurilish vazirligi Antikorruptsiya anıqlagan 38,5 mlrd so‘mlik tenderdagı qoidabuzarlik yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra...

    'Samarqandda ayanchli YTH sodir boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.11.2025 19:19

    Samarqandda ayanchli YTH sodir boʻldi

    Damas va Onix ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘lgan.

    'Ertaga poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.11.2025 18:45

    Ertaga poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    18 noyabr kuni Toshkent ko'chalarida harbiylar namoyishkorona yurishi o'tkaziladi.