O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 2 apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan 2025/2026 yil isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamiga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ehtiyojmand oilalarga etkazilmogda.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 1 million 162 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirildi.
Bir martalik moddiy yordam to‘lash uchun 1,2 trillion so‘mlik mablag‘ tijorat bankiga to‘liq moliyalashtirib berildi.
30 oktyabr kuni plastik kartasi bor aholiga butun summa o‘tkazib berildi. Bank plastik kartasi bo‘lmaganlarga oilalarga naqd pul ko‘rinishida "sayyor kassalar" tomonidan pullar to‘lab berilmogda.
O‘tgan davrda kompensatsiya to‘lash uchun kelib tushgan 1,7 million arizalar ko‘rib chiqildi va bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 362 ming oilalarga 21,1 milliard so‘m kompensatsiya to‘lovlari to‘landi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 444 ming oila kompensatsiya olish uchun murojaat qilgan, shundan 208 mingtasiqa 23,3 milliard so‘m (faqatgina isitish davri noyabr-fevral oylari uchun) kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilgan.






