- Tabiatan yolg`onchi kishilar tushkunlikka tushganlarida ruhan tetik paytiga qaraganda rost gapirisharkan. Ammo hammasi iziga tushib ketgach, yana qulog`ingizga lag`mon ilishda davom etisharkan!
- Doimo yolg`on gapiruvchilar Myunxauzen sindoromiga yo`liqqan bo`lishadi. Nimayam derdik, dardingizga davo bersin!
- «Men hech qachon hech kimni aldamaganman» degan rostgo`y o`rtacha oltmish yoshigacha kamida 88 marta yolg`on gapirgan bo`ladi. Bunisi 89-si-da!
- O`rtacha 44% vaziyatlarda kishi aldaganini tan olarkan.
- Kuniga 81% kishi bezarar yolg`on ishlatarkan. «Siz bo`lmasangiz, nima qilardim-a? Yaxshiyam borsiz!» degan maqtovlar shular jumlasidan-da!
- Insonlar 44%i to`qima voqealarni judayam qiziqib tinglasharkan. «Alda meni, aldagani o`zim yaxshi» deganlari shu bo`lsa kerak?!
- Kimnidir xafa qilishni istamagani uchun rostini aytmaydiganlar 65%ni tashkil qilarkan. Kam bo`lmanglar-ey!
- Eng ommabop uchta yolg`on: «Menda hammasi joyida», «Men sizni juda yaxshi ko`raman», «Yo`g`a, siz umuman semizmassiz!» Nima qilamiz endi, quloqqa yoqqandan keyin chidaymiz-da!
- Birinchi uchrashuvga chiqqan yigitlarning deyarli barchasi yolg`on gapirarkan. 28 %i daromadi haqida oshirib-toshirib aytarkan. Qizlarjonlar, «Oyni olib beraman» degan va`dalarga ko`pam uchavermang!
- 68% ayollar o`zi bilan bog`liq ma`lumotlarni haqida rost so`zlashmaskan. «Voy-vuy, aldoqchi ekansizlar-da» deyishga shoshmang! Nima bo`libdi, masalan, yoshimiz, yangi libosimizning narxi, turmush o`rtog`imiz tug`ilgan kunimizga sovg`a qilgan tilla haqida ertak to`qisak?..
- Ammo, lekin, biroq... Aziz erkaklar, sizlar bizdan ko`ra aldoqchiroqsizlar. Biz kuniga uch marta nima uchundir kimnidir aldashimiz mumkin. Sizlar esa kuniga 5 marta yolg`onga to`n kiydirasizlar. Tan olaveringlar!
- Ayollarning 61%i «Ko`rinishim qanaqa?» degan savolga erkaklar tomonidan berilgan javoblarga ishonmas ekan.
12.12.2016 10:07