- Xurmo mevasi tarkibida juda ham ko`p foydali vitamin va minerallar bor. Bular: S va R, kaliy, temir, fosfor, glyukoza, saxaroza, kalsiy hamda magniydir. Unda magniy mavjudligi sabab buyrak va o`t qopida toshlarning kelib chiqishini oldini oladi. Temir moddasi esa buqoq kasalligida, qamqonlik, ateroskleroz va ishtaha buzilishida foydalidir.
- Xurmodan yana kosmetik vosita sifatida ham foydalaniladi. Yuz terisini yaxshilash uchun bu mevadan turli niqoblar qilish mumkin.
- Milklar qonashi vaqtida pishgan xurmaning sharbati bilan og`iz bo`shlig`i chayilsa, yordam beradi. Davolash vositasi sifatida xurmoning quritilgani va pishganini ham ishlatish mumkin. Xurmo asab tizimini tinchlantirish hususiyatiga ega.
- Ammo xurmoni qandli diabet kasalligiga uchragan va ortiqcha vaznli kishilarga iste`mol qilish qat`iyan man etiladi. Chunki uning tarkibida katta miqdorda shakar mavjud.
- Xurmo ichak tayoqchasi, oltingrang stafilokokka qarshi bakterisid ta`sirga ega.
- Xurmo sharbati surunkali diareyadan xalos bo`lishda yordam beradi. 6 ta pishgan mevani bo`laklarga kesib, ularni 3 stakan qaynab turgan suvga solib, 20 daqiqa davomida qopqog`i yopiq holda ushlanadi. Qaynatmani dokada suzib olib, 0,5 litrdan har 4 soatda qabul qilish kerak.
- Gipertoniya va shishlarda xurmo barglarini yuvib, quritib, hovonchada maydalanadi. 5-7 kun davomida har kuni 2 mahal ovqatdan keyin ¼ choy qoshiqdan qabul qilish lozim.
- Tomoq og`riganida bir dona pishgan xurmo mevasining sharbatiga 3,5 osh qoshiq iliq suv qo`shgan holda chayqash juda foydali.
- Xurmo yurak kasalliklariga ega kishilar uchun juda foydali, chunki unda kaliy moddasi ko`p bo`lib, u bemalol valokordin preparatining o`rnini bosishi mumkin. Har kuni 2-3 dona xurmo mevasini iste`mol qilsangiz, yurak xastaliklari haqida uzoq vaqt eslamaysiz.
12.12.2016 10:27