Buxoro viloyati Jondor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.
Uning aytishicha, YPX xodimi bilan bog‘liq sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
"Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deydi Shamsutdinov.