AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 9 foizga kamaydi

Eng yuqori pasayish Buxoro viloyatida qayd etildi.

'O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 9 foizga kamaydi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2024 yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi.

Unga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln. kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 mingga kamaygan). 

Ushbu natija – Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan. 

Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar:

Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha; 

 Samarqand viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha; 

Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi. 

2024 yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi.

Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m).

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida: 

- ish haqi – 42,6 foiz (2023-yilda – 41,9 foiz); 

- tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz); 

- pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz); 

- qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz); 

- xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz); 

- boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.

 Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

    Chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat bo‘lganda murojaat qilish so‘ralmoqda.

    'O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 22:38

    O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi

    Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda.

    '"Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 21:18

    "Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Bugun Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchiga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.