Sud Rismatovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi — juda ko‘p miqdorda firibgarlikda aybli deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Umumiy tartibli koloniyaga yuboriladi.
Shu bilan birga sudlanuvchidan jabrlanuvchilar foydasiga kamaygan zarar summalari undiriladi:
J.Yu. — 3 mlrd 448 mln 701 ming so‘m,
S.S. — 925 mln 769 ming so‘m,
J.A. — 464 mln 672 ming so‘m.
Firibgarlikka aylangan uy — Shayxontohur tumani “Katta O‘qtepa” mahallasidagi xonadon yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarni bekor qilish masalasi esa Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda alohida ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Jabrlanuvchilar advokati Qodirjon Rahimov kelajakda uyni qaytarish bo‘yicha sarsonlik bo‘lmasligi uchun sud hukmida bu masalaga aniqlik kiritishni iltimos qilgan. Sud tomonidan bu masalaga oydinlik kiritilgani advokat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Hukm ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish mumkin.






