AsosiyJamiyat

Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi ma'lum qilishicha, yo'l qoplamasiga suv sepish va yashil hududlarni namlash orqali havodagi mayda chang zarrachalariini yerga cho'ktirishga erishilmog'da. Bu usul yirik shaharlarda ifloslanish yuqori bo'lgan davrlarda qo'llaniladigan amaliyotdir.

Mutaxassislar aytishicha, yo'llar namlanganda PM2.5 va PM10 zarrachalari suv bilan birikib, havoga qayta ko'tarilishi kamayadi. Avtomobillar harakatida yuzaga keladigan ikkilamchi changlanish ham ancha pasayadi — xalqaro tadqiqotlarga ko'ra, bu ko'rsatkich shahar PM chiqindilarining 25–40 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek, suv sepish haroratni bir oz pasaytib, changning havoda uzoq turib qolishini kamaytiradi. Hokimlik ma'lumotiga ko'ra, bu choralar kompleks ishlarning bir qismi bo'lib, issiqxonalarda reydlar, qozonxonalarda filtr o'rnatish va ekologik nazoratni kuchaytirish ham amalga oshirilmog'da.

    Boshqa yangiliklar