AsosiyDunyo

Toliblar BMT xodimlarini soqol qo‘yishga majburlamoqda

Afg‘onistondagi gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish tobora qiyinlashmoqda.

'Toliblar BMT xodimlarini soqol qo‘yishga majburlamoqda'ning rasmi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida Tolibonning "Nahiy munkar va amri ma’ruf" departamenti BMTning mahalliy erkak xodimlariga soqol qo‘yish majburiy ekanligi haqida yangi ko‘rsatma berdi. Bu haqda BMTdagi manbalar ma’lum qildi. 8 fevral kuni Tolibon rasmiylari Hirotdagi Islom Qal’a markaziga tashrif buyurib, erkak xodimlarni soqol qo‘ymaslik yoki uni qisqartirish qamoq jazosiga olib kelishi haqida ogohlantirishdi.

Bu ko‘rsatma Tolibonning davlat muassasalari va ta’lim muassasalarida soqolni qisqartirishni taqiqlash bo‘yicha avvalgi taqiqlaridan keyin yangragan. Bu esa ularning qat’iy ijtimoiy qoidalarni joriy etishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, Afg‘onistondagi gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish tobora qiyinlashmoqda. BMTning Gumanitar ishlar bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA)ning dekabr oyidagi hisobotiga ko‘ra, noyabr oyida 164 ta noxush hodisa qayd etilgan bo‘lib, bu oktyabr oyiga nisbatan 56 foizga va 2022 yilning shu davriga nisbatan 11 foizga ko‘pdir. Bu hodisalarning 99 foizi “Tolibon” bilan bog‘liq bo‘lib, Janubiy, Markaziy tog‘li hududlar, G‘arbiy va Markaziy mintaqalarda sodir bo‘lgan. Bu to‘siqlar yordam yetkazib berishni jiddiy ravishda buzib, 72 ta loyihaning vaqtincha to‘xtatilishiga, ikki tashabbusning doimiy ravishda to‘xtatilishiga va bir muassasaning yopilishiga olib keldi.

Bu kabi cheklovlar xalqaro hamjamiyatning tanqidiga sabab bo‘lmoqda, chunki ular inson huquqlari va gumanitar yordam yetkazib berishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval toliblar Qobuldagi yagona ayollar radiosi - Radio Begum radiokanalini “ruxsat etilmagan dasturlarni efirga bergani” uchun yopib qo‘yishgan edi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 21:44

    'AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:03

    AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi

    Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqargan.

    'AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 19:09

    AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda

    AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi.

    'Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 09:40

    Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi

    Endi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani ham bunga ko‘ndirishi kerak.

    'Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 21:09

    Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdiga hujum qildi

    Jangarilar poyezd yo‘lovchilarini garovga olganliklarini iddao qilib, o‘z talablari bajarilmasa, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.

    'Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2025 19:58

    Saudiya Arabistonida Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlandi

    Muzokaralar Ukraina dronlarining Moskva shahri va viloyatiga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlaridan bir necha soat o‘tgach boshlandi.