AsosiyDunyo

Suriyada Rossiya harbiy avtokolonnasi Tartus portiga kiritilmadi

Holat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi sovuqlikni ko‘rsatmoqda.

'Suriyada Rossiya harbiy avtokolonnasi Tartus portiga kiritilmadi'ning rasmi

Suriya Qurolli Kuchlari Rossiyaning og‘ir qurollangan avtokolonnasiga Tartus dengiz bazasiga kirishga ruxsat bermadi. Bu holat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi sovuqlikni ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 ta raketa bilan jihozlangan transport vositalaridan iborat kolonna Latakiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasidan chiqib, Tartusga kirmoqchi bo‘lganida suriyalik harbiylar tomonidan nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtatilgan. Sakkiz soatlik kutishdan so‘ng, kolonna mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Xmeymim avibazasiga qaytishga majbur bo‘lgan

Bu voqea Rossiya qo‘shinlarining Suriyadan chiqib ketayotgani fonida sodir bo‘lmoqda. 2024 yil oxirida Hay’ati Tahrir ash-Shom (HTSH) guruhi tomonidan Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Tartusdan olib chiqishni boshladi. Sun’iy yo‘ldosh olgan suratlarda Tartus portidagi Rossiya texnikasi va materiallarining bosqichma-bosqich olib chiqilayotgani ko‘rinadi. 

Suriyaning yangi hukumati mudofaa vaziri Murxaf Abu Qasraning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bazalarining saqlanishi ularning Suriya manfaatlarig qanchalik mos kelishiga bog‘liq. Agar bu Suriya uchun manfaatli bo‘lsa, Rossiya bazalari saqlanib qolishi mumkin. 

Mazkur hodisa Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash kerak, avvalroq Suriya mudofaa vaziri Murhaf Abu Qasra mamlakatda Rossiya bazalari o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun Rossiya Bashar Asadni topshirishi kerakligini aytgan edi. Shuningdek, boshqa talablarga ko‘ra, Rossiya Suriyani Asad rejimiga qo‘shilib vayron qilganini tan olishi va bir qancha milliard dollar tovon to‘lashi lozim. 

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSHda 20 yil o‘gay onasi tomonidan asir saqlangan erkak qutqarildi'ning rasmi

    Dunyo 14.03.2025 21:41

    AQSHda 20 yil o‘gay onasi tomonidan asir saqlangan erkak qutqarildi

    Konnektikut shtatida insoniyatni larzaga soluvchi jinoyat fosh etildi.

    'Tramp Yevropa spirtli ichimliklariga boj belgilash bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 14.03.2025 08:13

    Tramp Yevropa spirtli ichimliklariga boj belgilash bilan tahdid qildi

    Agar AQSH viskilariga qo‘yilgan 50 foizlik boj bekor qilinmasa, Yevropa ichimliklariga 200 foizlik boj joriy qilishmoqchi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.03.2025 21:44

    'AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2025 09:03

    AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi

    Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqargan.

    'AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 19:09

    AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda

    AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi.

    'Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 09:40

    Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi

    Endi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani ham bunga ko‘ndirishi kerak.