AsosiySalomatlik

Onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib berildi

Farmatsevtika mahsulotlarining dastlabki partiyasi Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga, keyingi bosqichda Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga yetkaziladi.

'Onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib berildi'ning rasmi

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarni onkologik kasalliklardan bepul davolash bo‘yicha yangi dasturni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, ushbu pilot loyihada ishtirok etuvchi davlatlardagi bemor o‘g‘il-qizlar saratonga qarshi yuqori sifatli dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlanadi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarining dastlabki partiyasi Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga, keyingi bosqichda Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga yetkaziladi. 

Umuman, joriy yil davomida ushbu dastur oltita davlatdagi kamida 30 shifoxonada muolaja olayotgan 5000 nafarga yaqin bolalarni qamrab oladi.

Bu bejiz emas, albatta. Chunki, JSST tahlillarida keltirilishicha, dunyo bo‘yicha har yili qariyb 400 ming nafar o‘g‘il-qizga saraton tashxisi qo‘yilmoqda. Ularning hayot davomiyligini uzaytirish hamda salomatligini tiklash yuqori samaradorlikka ega dori-darmonlarni talab qiladi. 

Loyihada qatnashish uchun yana oltita davlat taklif qilingan. Umuman, kelgusi 5-7 yil ichida bu ko‘rsatkichni 50 taga yetkazish maqsad qilingan. Bu orqali onkologik xastaliklardan aziyat chekayotgan 120 mingga yaqin bolalarga beg‘araz tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi'ning rasmi

    Salomatlik 04.08.2025 18:44

    Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi

    Olimlar "infarkt"dan keyin yurak toʻqimalarini qayta tiklashning yangi usulini oʻylab topdi.

    'Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi'ning rasmi

    Salomatlik 12.07.2025 11:18

    Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi

    Kasallikning O‘zbekistonga ta’siri qanday? Infeksiya kirib kelmasligi uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

    'Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring'ning rasmi

    Salomatlik 30.06.2025 18:05

    'Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 20:00

    Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?

    Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.

    'Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 17:25

    Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas

    Balki jiddiy kasalliklarning ilk belgilari bo‘lishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 08:57