AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi Trampning Ukraina borasidagi taklifini nomaqbul deb hisoblaydi

Yevropa Ittifoqiga a’zo yetakchi davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari tezkor bayonot bilan chiqishdi.

'Yevropa Ittifoqi Trampning Ukraina borasidagi taklifini nomaqbul deb hisoblaydi'ning rasmi

Joriy yilning 8 fevral kuni AQSH va Rosiya prezidentlari telefon orqali muloqoti va keyinroq Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zeleskiy bilan o‘tkazgan suhbatining  tafsilotlari oshkor bo‘lgach, Yevropa Ittifoqiga a’zo yetakchi davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari tezkor bayonot bilan chiqishdi. Ular Trampning tinchlik taklifidan hayratga tushgan.

Vladimir Zelenskiy ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Tramp bilan suhbat juda og‘ir kechgan. Tramp Ukraina hukumati Rossiya bosib olgan yerlarni qaytarishdan umidini uzishini, bu haqiqatdan yiroq ekanini aytgan. 

Shunday bo‘lsada, Zelenskiy muzokaralarga tayyorligini bildirgan. AQSH bilan tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv esa 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen konferensiyasida yoki undan ham oldinroq imzolanishi mumkin,— deya ma’lum qilgan Ukraina prezidenti.

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar vazirlari Trampning Ukrainada tinchlik o‘rnatish mexanizmi borasidagi taklifiga sirtdan javob berib, uning taklifini tanqid qilishgan. Bosh diplomatlar Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab quvvatlashlari va Kiyev o‘z suverinetetini tiklashi uchun zarur yordamni davom ettirishga tayyorliklarini izhor qilishgan.

«Biz Ukrainaga beriladigan yordamimiz hajmini ko‘paytirishga tayyormiz. Rossiyaning harbiy agresiyasi qarshisida Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab quvvatlashimizni e’lon qilamiz. Bizning umumiy masadimiz — Ukrainani adolatli, keng qamrovli va mustahkam tinchlikka erishishi yo‘lida dastaklashdan iborat” deyiladi Fransiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining maslahatlashuvidan keyin e’lo qilingan bayonotda.

Malahat kengashida Ukrainaning Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarining mudofaa vazirlari ham ishtirok etgan. 

«Biz keyingi qadamlarin amerikalik ittifoqchilarimiz bilan muhokama qilish niyatidamiz. Bizning umumiy maqsadimiz - Ukrainaning kuchli pozitsiyada turib gapira olishiga, Yevropa esa ushbu muzokaralar ishtirokchisi bo‘lishiga erishishdan iborat”, deyiladi bayonotda.

O‘z navbatida AQSH Ukrainaning 2014 yilgacha bo‘lgan chegaralariga qaytishini voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan holat deb hisoblaydi. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Xegset ma’lum qilgan.

Xegset, “Ukrainaning NATO‘ga a’zo bo‘lishi, AQSH tomonidan Rossiya bilan nizoni diplomatik yo‘l bilan hal etilganining real natijasi deya baholanmasligini”, aytib o‘tdi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa va boshqa mamlakatlar kuchlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashi kerak, AQSH Yevropaga qo‘shin jo‘natmaydi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSHda 20 yil o‘gay onasi tomonidan asir saqlangan erkak qutqarildi'ning rasmi

    Dunyo 14.03.2025 21:41

    AQSHda 20 yil o‘gay onasi tomonidan asir saqlangan erkak qutqarildi

    Konnektikut shtatida insoniyatni larzaga soluvchi jinoyat fosh etildi.

    'Tramp Yevropa spirtli ichimliklariga boj belgilash bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 14.03.2025 08:13

    Tramp Yevropa spirtli ichimliklariga boj belgilash bilan tahdid qildi

    Agar AQSH viskilariga qo‘yilgan 50 foizlik boj bekor qilinmasa, Yevropa ichimliklariga 200 foizlik boj joriy qilishmoqchi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.03.2025 21:44

    'AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2025 09:03

    AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni tikladi

    Ukraina o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident Tramp Kiyevga harbiy yordam yetkazishni blokdan chiqargan.

    'AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 19:09

    AQSH va Kanada o‘rtasida savdo urushi kuchaymoqda

    AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi import bojlarini joriy qildi.

    'Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2025 09:40

    Zelenskiy Amerikaning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi

    Endi Qo‘shma Shtatlar Rossiyani ham bunga ko‘ndirishi kerak.