Bugun, 25 noyabr kuni Avstraliya Senati senator Polin Xansonni burqa kiyib kirgani uchun 7 kunga lavozimidan chetlatdi.
Reuters agentligi xabar berishicha, senator burqani parlament mezonlariga mos kelmaydigan tarzda kiygan va bu harakat parlament a'zolari tomonidan keskin qoralangan.
Ma'lum bo'lishicha, 24 noyabr kuni Xanson jamoat joylarida burqa va boshqa yuzni to'suvchi kiyimlarni taqiqlash haqidagi qonun loyihasini muhokamaga qo'yishga ruxsat ololmaganidan so'ng, yuqori palataga burqa kiyib kirgan. Musulmon qonunchilar uning harakatini irqchilik deb baholadi.
Avstraliya Tashqi ishlar vaziri va Leyboristlar partiyasi yetakchisi Penni Vong senatorning harakatini "ijtimoiy tuzilmaga zarba beruvchi, butun e'tiqodni haqorat qiluvchi namoyish" deb atadi.
Xanson 1990-yillardan beri Osiyodan immigratsiya va boshpana izlovchilarga qarshi keskin pozitsiyasi bilan mashhur va islomiy kiyimlarga nisbatan bir qator siyosiy tashabbuslarni olga surgan. Bu uning parlamentga ikkinchi marta burqa kiyib kirishi bo'lib, avvalgi holat 2017 yilda ro'y bergan edi.
Senator Xanson o'z qarashlarini o'zgartirmasligini va parlamentda kiyim chegarasi mavjud emasligini ta'kidladi.






