AsosiySiyosat

BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi protokoliga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi o‘rganilmoqda

O‘zbekistonda aholining 35 foizini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etmoqda.

'BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi protokoliga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi o‘rganilmoqda'ning rasmi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Inson huquqlari uyida o‘z ishini boshlagan “O‘zbekiston Respublikasining bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish va ushbu majburiyatlarni bajarishning milliy mexanizmlari” mavzusidagi ikki kunlik seminar O‘zbekistonning bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlandi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 13 mln nafarni, ya’ni jami aholining qariyb 35 foizini tashkil etadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston uchun bola huquqlarini ta’minlash masalasi prinsipial ahamiyatga ega hisoblanadi.

Hozirgi kunda BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining murojaat qilish jarayonlariga taalluqli 3-Fakultativ protokoliga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi masalasi ekspertlar darajasida o‘rganib chiqilmoqda. Mazkur hujjatning mamlakatimiz parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Mavluda Xodjayevaga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan davr ichida 80 dan ziyod xalqaro shartnomaga qo‘shilgan. O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarga so‘zsiz amal qilishga, bolalarning huquqlarini himoya qilishga katta ahamiyat qaratgan davlatlardan biridir. Bu majburiyatlarning ijrosi yuzasidan milliy maruzalar BMTning va boshka xalqaro tashkilotlarning tegishli qo‘mitalariga taqdim etib kelinmoqda.

YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Regina Kastijioso‘zlariga ko‘ra, parlamentning roli mamlakat qonunchilik bazasi va siyosatining BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi xalqaro inson huquqlari shartnomalari doirasidagi majburiyatlarga muvofiqligini ta’minlashdan iborat. Qonunchilik, budjet va himoya sohasidagi parlament nazorati bolalar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.

O‘zbekiston BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risida doimiy ravishda hisobotlar taqdim etib bormoqda. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi bajarilishi yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga 5 ta davriy hisobot taqdim etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bola huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, mavjud qonunlarni takomillashtirish va yangi qonunlar qabul qilish orqali huquqiy asosni mustahkamlamoqda. Jumladan, 2024 yil 14 noyabrda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”, 2024 yil 29 fevralda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingani buning yaqqol namunasidir.

Tadbirda so‘zga chiqqan ekspertlar Yangi O‘zbekistonda bola huquqlari sohasidagi islohotlar qat’iy, uzviy va izchil tarzda davom ettirilayotganiga e’tiborni qaratdilar. Bu boradagi samarali sa’y-harakatlar milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda keng qo‘llab-quvvatlanayotgani e’tirof etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2025 09:14

    Yelisey saroyida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

    Qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya Bosh vaziri Fransua Bayru boshchiligida Vazirlar Mahkamasi  a’zolari va ko‘plab martabali shaxslar ishtirok etdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2025 08:13

    Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi

    Yuksak mukofotni O‘zbekiston rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

    'O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi'ning rasmi

    Siyosat 12.03.2025 22:27

    'O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqdilar'ning rasmi

    Siyosat 12.03.2025 21:35

    O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqdilar

    Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

    'Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2025 13:07

    Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

    Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    'Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olingani ma’lum qilindi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2025 10:49

    Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olingani ma’lum qilindi

    Prezident raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.