AsosiyMadaniyat

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulug‘bekning saroy kutubxonasiga bag‘ishlangan burchak tashkil etiladi

Kutubxona tarixan mukammal o‘rganilib, u haqidagi barcha manbalar yig‘ilmoqda.

'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulug‘bekning saroy kutubxonasiga bag‘ishlangan burchak tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini eskpozitsiyalar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda. Unda Mirzo Ulug‘bek davri saroy kutubxonasi boy ilmiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan maxsus burchak tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan. Kutubxona tarixan mukammal o‘rganilib, u haqidagi barcha manbalar yig‘ilmoqda. Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi, qo‘lyozmalari to‘planadi va ekspozitsiya fondlari orasidan ularning faksimil nusxalari joy oladi

Sharqda saroy kutubxonalari, nafaqat, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat maskani, qolaversa hukmdorlar yashaydigan qarorgoh ham bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bekning saroy kutubxonasi o‘rta asrlar Sharq olamidagi eng nufuzli ilmiy markazlardan biri bo‘lgan. Bu kutubxona Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lib, Ulug‘bekning shaxsiy tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Kutubxona fondi  nodir va kamyob kitoblar bilan to‘ldirilgan. Ziyo maskanida astronomiya, matematika, falsafa, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarga oid noyob qo‘lyozmalar jamlangan. Unda Sharq va G‘arb olimlarining mashhur asarlari saqlangan.

Bu kutubxona O‘rta Osiyoda ilm-fan taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan.  Kutubxona faqat kitoblar jamlangan joy emas, balki astronomlar, matematiklar va boshqa ilmiy xodimlar uchun o‘ziga xos tadqiqot markazi bo‘lgan. Ulug‘bekning o‘zi ham bu yerda ilm bilan shug‘ullangan. Atrofiga zamon olimlarini yiqqan. Temuriylar hukmronligi zaiflashganligi Mirzo Ulug‘bek kutubxonasiga ham o‘z tasirini o‘tkazgan. Fonddagi noyob kitoblarning aksariyati yo‘qolgan.

Ulug‘bek vafotidan so‘ng uning Samarqanddagi 15 ming kitobdan iborat mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani “o‘z davrining Ptolomeyi” nomini olgan Ali Qushchi saqlab qolgan. Kutubxonadagi kitoblarning ko‘p qismini Ali Qushchi Samarqand yaqinidagi Hazrat Bashir qishlog‘iga ko‘chirgan. Ko‘p o‘tmay, o‘zi ham  ta’qiblarga uchrab Samarqandni tark etgan. Hozirgi kunda uning asl o‘rni va qoldiqlari haqida aniq dalillar mavjud emas. Uning Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi hududida joylashgani taxmin qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Anora" filmi 5 ta yo‘nalishda “Oskar“ni qo‘lga kiritdi'ning rasmi

    Madaniyat 03.03.2025 10:34

    "Anora" filmi 5 ta yo‘nalishda “Oskar“ni qo‘lga kiritdi

    Oskar mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Toshkentda yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik sabab daraxtga urildi'ning rasmi

    Madaniyat 27.02.2025 17:51

    'Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Madaniyat 14.02.2025 19:31

    Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    Rim shahridagi “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma” asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

    'Rossiya bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qilinadi'ning rasmi

    Madaniyat 12.02.2025 18:07

    Rossiya bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qilinadi

    O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.

    'Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan'ning rasmi

    Madaniyat 15.01.2025 20:33

    Leonardo da Vinchi shunchaki rassom emas, u "geniylik" timsoli bo‘lgan

    Geniylikka ta’rif va da Vinchining "geniylik" yo‘li.

    'Islom sivilizatsiyasi markazida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Madaniyat 15.01.2025 11:14

    Islom sivilizatsiyasi markazida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashqi qismi dizayni hamda Imom Buxoriy innovatsion muzeyining kontentini yaratish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.