AsosiyJamiyat

Ota-onalari deport qilinib, qarovsiz qolgan bolalar Rossiyadan olib kelindi

Voyaga yetmagan to‘rt nafar bolakay tanishlari qo‘lida qolgan.

'Ota-onalari deport qilinib, qarovsiz qolgan bolalar Rossiyadan olib kelindi'ning rasmi

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Ular ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan to‘rt nafar yurtdoshimiz yaqin tanishlari bilan qolgan.

O‘zbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarimizning manzilini aniqladi. Shuningdek, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar