AsosiyJamiyat

Samarqandda bir oylik kelinini o‘ldirgan qaynonaga sud hukmi o‘qildi

Ayol 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

'Samarqandda bir oylik kelinini o‘ldirgan qaynonaga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

Samarqand viloyatida 1 oylik kelinini o‘ldirgan qaynona 13 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mudhish voqea 2024 yilning 3 oktyabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bo‘lgan. Aslida sudlanuvchi ayol ko‘p yillar oldin onalik huquqidan mahrum qilingan hamda o‘g‘li va qizini bolalar uyiga topshirgan. Biroq u yillar o‘tib uylangan o‘g‘lining oldiga qaytib, boradigan joyi yo‘qligini aytgan. Shu tariqa ona o‘g‘li bilan yashay boshlagan. 

Ammo ayol uyga kelishi bilanoq kelinini tinimsiz koyib, haqoratlab, kamsitgan. Kelin birinchi kuniyoq o‘z onasiga qo‘ng‘iroq qilib, qaynonasining xatti-harakatlari haqida gapirib bergan. 2024 yil oktyabr oyida ayol o‘g‘li uyda yo‘qligidan foydalanib, kelini bilan navbatdagi janjalni boshlagan. Mojaro jarayonida ayblanuvchi telefonning zaryadlash simini olib, qizni bo‘g‘a boshlagan, shundan so‘ng shisha idishni kelinining boshiga urib sindirgan. Shu bilan birga, qaynona qaychini olib, qizning bo‘yniga urgan, biroq bu bilan ham to‘xtamagan. Oshxonadan pichoqni olib, kelinning ko‘kragiga bir necha marotaba urgan. Kelin olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Sodir etilgan jinoyatdan so‘ng ayol qochishga uringan, biroq u qo‘lga olingan. Ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish, yengilroq jazo tayinlash) 2-qismi  “j” bandi  bilan aybli deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.