"O‘zgidromet" markazi xabariga ko‘ra, 24-27 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Ushbu kunlari respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
24-27 fevral kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir yog‘adi, 25-27 fevralda qorga aylanadi) bo‘ladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
26-27 fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.